30/09/2016
“Sizdan ozod va obod vatan qoldi” mavzusida “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi

 

   DSC_2449 O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining  “2016 yilda kasaba uyushma tashkilotlarida "Ma’naviyat soatlari"ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida sentyabr oyida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Ma’naviyat soati” o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib 2016 yilning 30 sentyabr kuni soat 16-00 da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashining katta majlislar zalida navbatdagi “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi. 
“Ma’naviyat soati”da O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidaenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Sizdan ozod va obod Vatan qoldi” mavzusida ma’ruza va film namoyishi ko‘rsatildi. 
       Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Sh.Sirojiddinov, O‘zbekiston Milliy universiteti professori S.Minavarov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim boshlig‘i, professor G.Matkarimova O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan olib borilgan keng – ko‘lamli islohatlar samarasi haqida ma’ruza qildilar. 
      Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, barcha tarmoq kasaba uyushmasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari, tuman, shahar kengashlari va yirik boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari xodimlari ishtirok etdilar.

DSC_2433 DSC_2432


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar