22/11/2016
“Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri targ’iboti

CIMG3234

        2016 yilning 22 noyabr kuni O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Toshkent shahar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi bilan hamkorlikda “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri mazmun moxiyati mavzusida  Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari tashkilotlari tizimidagi mutasaddi hodimlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.

       Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manaviyat va ma’rifat markazining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv seminarda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, joriy yilning 23 dekabridan boshlab Qonun kuchga kiritilishi va bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Davlat va jamoatchilik nazorati va tekshiruvi qanday amalga oshirilish aniq normalarda bayon etilganligi, xodimlarning vakillik organi bo‘lmish kasaba uyushmalarining huquqlari haqida tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga seminar tashkilotchilari batafsil javob berdilar.

CIMG3223  CIMG3228 CIMG3235  CIMG3245


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar