06/12/2016
Toshkent viloyati ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri targ’ib qilindi

IMG_7494

       Keyingi yillarda kasaba uyushmalari tizimida kechayotgan islohotlar mehnat muhofazasi sohasini yanada takomillashtirish vazifasini kun tartibiga chiqarmoqda. Zero, har qanday kasb egasi o‘z ish o‘rnining xavfsiz bo‘lishini, yetarli sharoit va imkoniyatlarga ega tashkilot, korxona va muassasada faoliyat yuritishni xohlaydi. Ayni talablar to‘la bajarilgandagina mutaxassis kasbining mohir ustasi sifatida shakllana oladi. 
    Shu tamoyilni targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi respublikamizning barcha hududlarida «Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi» mavzusida o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazmoqda. Mazkur anjumanlardan navbatdagisi 2016 yil 6 dekabr kuni Chirchiq shaharidagi 15-musiqa maktabi jamoa zalida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba  uyushmasi Respublika Kengashi Toshkent viloyat  kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ta’lim muassasalarida  mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi”  mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
          Unda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh  mutaxassisi, Toshkent viloyatidagi tarmoq tuman, shahar kengashlari raislari, Toshkent viloyat  kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi mehnat muhofazasi bo‘lim mudiri, tarmoq kasaba uyushmalari boshlang‘ich qo‘mitalari a’zolari, ta’lim muassasalari mehnatni muhofaza qilish vakillari, ijtimoiy-iqtisodiy hamkor tashkilotlar vakillari, ish beruvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
        Seminarni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gazieva kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi. U o‘z so‘zida Toshkent viloyatidagi ta’lim muassasalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kasaba uyushmalari oldida turgan dolzarb vazifalar  haqida so‘zladi. 
           So‘ng so‘zga O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh  mutaxassisi Yerboboev Ravshan Yusupovich chiqdi va u o‘z so‘zida O‘zbekistonda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bugungi zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti, demokratik islohotlarning yangi bosqichiga muvofiq kelmay qolganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahriri qabul qilinganligini hamda ushbu qonunning mazmun-mohiyatini misollar va slaydlar bilan batafsil tushuntirib berdi.
          Seminar davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri Mirzaev Botir Adxamovich so‘zga chiqib, o‘z ma’ruzasida mehnatni muhofaza qilishda jamoatlik nazorat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish, xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish, fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va horijiy tajribadan foydalanish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga aloxida to‘xtalib o‘tish bilan birga mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari to‘g‘risida yaqindan tanishtirib o‘tdi. Seminar davomida “Xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini  yaratish borasida yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati”, “Viloyatdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat xavfsizligining ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar e’tiboriga O‘zKUFK tomonidan tayyorlangan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil faoliyati haqida videorolik namoyish etildi. 
        Shuningdek bu seminarda “Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofa qilishda kasaba uyushmalarning roli va vazifalari” to‘g‘risida, ta’lim muassasalari uchun yo‘riqnomalar, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakilning xizmatlari to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gazieva, “Jamoatchilik nazoratini namunali yo‘lga qo‘ygan boshlang‘ich tashkilot faoliyatining ish tajribasi bilan tanishish” mavzusida “Oxangaron tuman 15-maktabgacha ta’lim muassasasi  boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi Turonova Nabira so‘zga chiqib o‘z ish tajribasidan muassasada mehnat muhofazasi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofa qilish qilishda Chirchiq shahar kengashi ish tajribasidan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashi  raisi Isroilova Mukarram Umarovna so‘zga chiqib Chirichq shahar kengashi tomonidan mehnatni muhofa qilish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari bo‘yicha o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. 
       Seminar so‘ngida qizg‘in baxs munozaralar bo‘ldi va savollar berildi. Berilgan ayrim savollardan 
1.    M.O.Ibragimova – 4 maktab BKUQ raisi. “Jamoatchilik asosida ish olib borayotgan kasaba uyushma qo‘mita raislariga ish haqi to‘lash masalasini ko‘rab chiqish imkoni bormi?”
2.    R.R.Kurbonov – CHSI KHK BKUQ raisi. “Ishga kirgan ishchilar (elektrik, chilangarlar va h.o ni) kirish yo‘riqnomasi bilan tanishtiriladi, ammo ularga ruxsatnoma berilmaydi, korxonalarda esa, maxsus hujjat beriladi. Shu masalani qanday xal etsa bo‘ladi?”
3.    N.Turanova – Oxongoron tumani 15–MTM BKUQ raisi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchi vakillarni o‘qitish masalasini xal etish taklifini kiritdi.
4.    S.Nurboeva- Angren shahar 34-maktab mehnat muhofazasi vakili. Byudjet tashkilotlar uchun mehnat muhofasi bo‘limiga mablag‘ ajratish taklifini ko‘tarishni tavsiya qildi.
5.    D.Toshpo‘latov – Parkent tuman 34-maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raisi. Byudjet tashkilotlar ya’ni ta’lim muassasalari xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tishda chiqimdor bo‘lishayapti, shu masalada byudjetga mablag‘ ajratishni yuqori vazirliklarga murojaat etib mablag‘ ajratishga yordam berishni so‘radi.
Savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilarga tarqatma material tarqatildi va ular  tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari va boshlang‘ich tashkilotlari Kengashlarining kelgusidagi vazifalari belgilab olindi. 

IMG_7506 IMG_7504 IMG_7499 IMG_7495

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar