21/12/2016
“Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri targ’iboti davom etmoqda

 

CIMG3715

2016 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari tashkilotlari tizimidagi tashkilot vakillari bilan O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xamkorlikda 

Jizzax Politexnika instituti majlislar zalida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mehnat muhofazasi bosh mutaxassisi, Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnat muhofazasi bo‘lim mudiri, tarmoq tuman kengashlarilari raislari, ijtimoiy hamkor tashkilotlar vakillari, boshlang‘ich tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik tehnikasi muxandislari ularning ish beruvchilari va ommaviy axborot vositalari jami 130 nafarga yaqin qatnashchilar ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

 “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, joriy yilning 23 dekabridan boshlab Qonun kuchga kiritilishi va bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Davlat va jamoatchilik nazorati va tekshiruvi qanday amalga oshirilish aniq normalarda bayon etilganligi, xodimlarning vakillik organi bo‘lmish kasaba uyushmalarining huquqlari haqida tushunchalar berildi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga seminar tashkilotchilari batafsil javob berdilar.

Mana shular haqida ushbu soha vakillaridan iborat 70 nafarga yaqin korxona xodimlari bilan seminar-mashg‘uloti o‘tkazildi va ularga Qonunning mazmun va mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

 

CIMG3716 CIMG3725 CIMG3728 CIMG3729


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar