14/12/2016
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati

CIMG3641

Kasaba uyushmalari tizimida kechayotgan islohotlar korxonalarda ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan xodimlar hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi, korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi siyosatini yuritish, ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish va hisobga olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash prinsiplariga asoslanadi.
Mehnatni muhofaza qilish tizimida yagona davlat siyosatini yuritish, xodimlarning mehnat qilish jarayonida sog‘lig‘ini saqlash borasidagi qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, bu borada profilaktika tadbirlarini olib borishda mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikning ahamiyati juda kattadir.
Shu tamoyilni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni  muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahriri) mohiyatini tushuntirishga oid seminarlar orqali keng jamoatchilikka targ‘ib qilish – kasaba uyushmalarini dolzarb vazifalaridan biridir.
Mazkur seminarlardan navbatdagisi Namangan viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining katta majlislar zalida tashkillashtirildi. Unda mazkur tarmoq  faollari,  viloyat Mehnat bosh boshqarmasi, korxona, tashkilot va muassasalarning boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari,  mehnatni muhofaza qilish vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini  yaratish borasida yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati  mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilar e’tiboriga mehnatni muhofaza qilish xizmatlari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil faoliyati haqida videorolik namoyish etildi.
Seminar so‘ngida mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid muammolar  hamda  ularning yechimi yuzasidan fikr-mulohazalar va savol-javoblar bilan o‘rtoqlashildi.

CIMG3622 20161210_105455 20161210_101930

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar