22/12/2016
“Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri mazmun mohiyati joylarga yetkazilmoqda

CIMG3753

2016 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari tashkilotlari tizimidagi tashkilot vakillari bilan O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xamkorlikda Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining majlislar zalida “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, joriy yilning 23 dekabridan boshlab Qonun kuchga kiritilishi va bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Davlat va jamoatchilik nazorati va tekshiruvi qanday amalga oshirilish aniq normalarda bayon etilganligi, xodimlarning vakillik organi bo‘lmish kasaba uyushmalarining huquqlari haqida tushunchalar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga seminar tashkilotchilari batafsil javob berdilar.
Mana shular haqida ushbu soha vakillaridan iborat 70 nafarga yaqin korxona xodimlari bilan seminar-mashg‘uloti o‘tkazildi va ularga Qonunning mazmun va mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

CIMG3740 CIMG3742

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar