11/01/2017
O‘ZBEKISTON – MUSTAQIL VATANIMIZ, MILLIY ARMIYAMIZ FAXRU G‘URURIMIZ!

      Когон шахар (2)

        O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini va Vatan himoyachilari kuni bayramini  barcha muassasalarda keng nishonlanmoqda. 11 yanvar kuni  “O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!” shiori ostida Kogon sanoat va transport kasb-hunar kollejidagi 6 ta kafedra xodimlari o‘rtasida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi. 
      Musobaqa kasb-hunar kolleji ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, undan asosiy maqsad tarmoq xodimlari o‘rtasida yurtga mehr-muhabbat ruhi mustahkamlash, ularning ozod va obod Vatanni himoya qilishdek ulug‘ maqsadga intilishi, jasurlik va fidoyilik kabi fazilatlarini shakllantirishdan iboratdir.  Musobaqa juda qizg‘in va qiziqarli o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Musobaqada ishtirok etgan jamoalar o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni “Ishlab chiqarish ta’limi ustalari”  jamoasi, ikkinchi o‘rinni esa “Maxsus fanlar kafedrasi” va “Ijtimoiy iqtisodiy fanlar kafedrasi”   jamoalari, uchinchi o‘rinni esa “Aniq fanlar kafedrasi” o‘qituvchilari egalladilar.     
       Musobaqada faol ishtirok etgan  30 nafar xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan ta’sis etilgan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

Когон шахар Когон шахар (4) Когон шахар (3) Когон шахар (1)

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar