18/01/2017
XODIMLAR MANFAATLARI YO‘LIDA

     ромитан 1 (2)

   Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman kengashi, Romitan tuman XTMFMT va TE bo‘limi hamda Buxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotari birlashmasi kengashi bilan birgalikda “Xodimlar manfaatlari yo‘lida” mavzusida amaliy o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminar ishida Buxoro viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yuridik bo‘limi mudiri N.Zorov, ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Baxramov, mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri H.Barnoev, Romitan tuman XTMFMT va TE bo‘limi mudiri I.Nasriev, shuningdek, tumandagi barcha ta’lim va madaniyat muassasalari raxbar-xodimlari, boshlang‘ich tashkilotlar raislari, tuman kengashi huzuridagi jamoa shartnomalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazuvchi komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.
    Ma’ruzachilar «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi va yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning mazmun-mohiyatini mukammal tushuntirishdi, shuningdek,  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi  qonun ijrosi ta’minlash,  xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklar bilan o‘zaro hamkorlikning shakl va uslublarini takomillashtirish, jamoa shartnomalarini qabul qilish va bajarishda ish beruvchilar va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi vazifalar haqida batafsil  so‘z yuritishdi.                                                                              
      Ushbu seminar xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy hamda xuquqiy manfaatlarini himoyalash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratsh, ish o‘rinlarining xavfsizligini ta’minlash, kasb kasalliklari va baxtsiz xolatlarning oldini olishda tarmoq kasaba  uyushmasi  tashkilotlari bilan davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘zaro ijtimoiy sheriklik asosida faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bu borada ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish, tashkilot va muassasalarda jamoatchilik nazoratini olib borishdagi nazariy va amaliy tajribalarini o‘zaro almashtirishga yordam berdi.

 

ромитан 1 (1) ромитан 1 (3) ромитан 1


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar