18/01/2017
“Xalq – bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlab o‘tkazilgan amaliy seminar

IMG_1971

  2017 yil 18 yanvar kuni Andijon davlat universitetning kichik majlislar zalida 2017 yil – “Xalq ¬bilan muloqot va inson manfaatlari yili” ga bag‘ishlab universitet rektori, xotin-qizlar qo‘mitasi, hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi, psihologiya kafedrasi hamkorlikda “O‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olishda inson manfaatlari va qadrini e’zozlashning ijtimoiy ahamiyati” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Yunusova,  viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori S.Mamajonov, Andijon davlat universiteti rektori, professor A.S.Yuldashev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Halimova, “Mahalla” hayriya jamoati fondi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi O.Ibragimova, psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi T.Sulaymonova, Andijon shahridagi Imom A’zam masjidi imomi, Sayid Muhyiddin Mahdum madrasasi mudarrisi Habibulloh qori Jo‘raboev universitet xotin-qizlar boshlang‘ich takiloti rahbari U.Ahmedova, Andijon Davlat Universiteti hodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Botirov hamda bir guruh talabalar ishtirok etdi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarining tayyorlab kelgan ma’ruzalari bilan, bugungi kundagi yoshlar o‘rtasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha takliflarini kiritdilar. Seminarda faol ishtirok etganlarga Andijon Davlat Universiteti hodimlari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

IMG_2020 IMG_1997 IMG_1994


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar