27/01/2017
OZOD VA OBOD VATAN ASOSCHISI

    БМТИ Хотира тадбири     

           Buxoro muhandislik texnologiya instituti “Nuroniy” jamoatchilik markazi  va kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan 2017 yil 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov  tavallud topgan kunga bag‘ishlab xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda pedagog xodimlar,talaba – yoshlar, mehnat faxriylari, taniqli san’at arboblari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. 
           Tadbir O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan  kitoblar  ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Birinchi Prezidentimizning mamlakat mustaqilligi yo‘lida olib borgan dono siyosati va mustaqillik yillarida erishilgan muvaffaqiyatlarni aks ettiruvchi videofilm namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Ubaydullo Omon, mehnat faxriysi Muhabbat Zayniddinova, institut “Nuroniy” jamoatchilik markazi raisi, professor Mamatqul Mustafaev  so‘zga chiqib, o‘z ma’ruzalarida buyuk siyosat va davlat arbobi, birinchi Prezident Islom Karimovning  millat kelajagi yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini batafsil bayon etdilar.    
             So‘zga chiqqan talaba- yoshlar  O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning yoshlarga bo‘lgan mehri, otalarga g‘amxo‘rliklarini alohida ta’kidlab, kelajakda u kishiga  o‘xshab Vatanni sevish, uni himoya qilish, dunyo ilmlarini bilish, komil inson bo‘lishga intilishga, yurt tinchligi  va Vatan ravnaqi yo‘lida  astoydil mehnat qilishga va’da berdilar. 

БМТИ Хотира тадбири (5)


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar