30/01/2017
MUSTAQILLIK ME’MORI

IMG_3183

     2017 yil 30 yanvar kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Muruvvat” bolalar uyida Andijon davlat universiteti, Andijon kabel QK, “O‘zDongJu” QK, “Ibrohim salxatlari” MCHJ hamda Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi hamda “Muruvvat” bolalar uyi ma’muriyati hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
    Tadbirda xomiy tashkilotlar tomonidan exson dasturxoni yozildi. Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tayyorlab borgan musiqali dastur “Muruvvat” bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ko‘ngillariga quvonch bag‘ishladi. Tadbir yakunida universiet rektori va Qo‘rg‘ontepa tuman hokimi, Andijon Davlat Universiteti hodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan tarbiyalanuvchilarga kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

IMG_3172

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar