24/01/2017
SPARTAKIADANING BIRINCHI BOSQICHIGA START BERILDI

         Бухородан 26. 01 расмлар

    2017 yil 24 yanvar kuni Buxoro san’at kollejida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi spartakiadaning 1-bosqichi  bo‘lib o‘tdi. Spartakiadada 104 nafar kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdi. Musobaqalar natijalariga ko‘ra,  voleybol sport musobaqalarida  “Estrada” guruhi 1- o‘rinni, “Ma’muriyat” guruxi 2 – o‘rinni, “Aktyorlar” guruxi 3- o‘rinni egallab, g‘oliblik shohsupasidan joy olishdi.  “Rassomlar” guruhi 
    Shaxmat sport musobaqalarida Raxmatova Maloxat, Akramov Abduraxmon, shashka sport musobaqalarida Ismatova Mastura , Ismailov Ilxom, sportning stol tennisi turi bo‘yicha Karimova Laylo,Rajabov Jalollar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
    Spartakiadaning 1-bosqichi joriy yilning 6 fevraliga qadar shahar kengashining barcha boshlang‘ich tashkilotida o‘tkazilishi belgilangan.
    G‘oliblar spartakiadaning keyingi, shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Бухородан 26. 01 расмлар (1) 

Бухородан 26. 01 расмлар (2) Бухородан 26. 01 расмлар (3)

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar