21/01/2017
QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh – ASOSIY VAZIFAMIZ

    20170119_151329 

        Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat, yangi o‘zgarishlar ish beruvchilar, kasaba uyushmalari tashkilotlari faollari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.  
        Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Kogon tuman kengashi tomonidan  tarmoq tassarufidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda kasaba uyushma  qo‘mita raislari ishtirokida  « Qonun ustuvorligini ta’minlash –  asosiy vazifamiz”   mavzusida  o‘quv –seminar o‘tkazildi.     
«Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi va yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning mazmun-mohiyatini ish beruvchilar va kasaba uyushma faollariga yetkazish, mehnat munosabatlarini tartibga solishda jamoa shartnomalari rolini tushuntirish, tarmoq tashkilot va muassasalrida jamoa shartnomalarini to‘g‘ri tuzib, qabul qilish, jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlashga erishish, bu sohada ish beruvchilar va kasaba uyushma qo‘mitalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida  o‘tkazilgan o‘quv seminarni  tuman kengashi raisi  G.Ne’matova olib bordi.  
   Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi  R.Nosirova  qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlar, ularni faoliyatga tadbiq etish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonun doirasida ko‘rib chiqish   masalasiga alohida  urg‘u berildi.   
   Tuman kengashi raisi G.Ne’matova 2017 yil uchun jamoa shartnomalari maketlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, jamoa shartnomasini tuzish, qabul qilish, bajarishda yo‘l qo‘yilayogan kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritdi. Kogon tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri  B.Qurbonov o‘z so‘zida ish beruvchi va kasaba uyushma yetakchilarining ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyatni tashkil etish, xodimlar manfaatlarini himoyalash borasidagi vazifalarni ta’kidladi. 
    Ma’ruzachilar seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berdilar.  O‘quv –seminar ishtirokchilariga  seminar kun tartibidagi barcha masalalar  bo‘yicha  uslubiy tavsiyalar  elektron tarzda tarqatildi. 

20170119_141800

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar