27/03/2017
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

photo_2017-03-24_07-55-24

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman kengashi tomonidan 2017-yil 23-mart kuni 4-musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 22-sentabrda O‘RQ-410-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv-seminarda Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi vakillaridan mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis Q.Xaitov, Moliya bo‘limi mutaxassisi Sh.Axmedova hamda Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ma’sul tashkilotchisi R.Gaziyevalar ishtirok etdi.

Mazkur seminarda Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman kengashi tasarrufidagi 75 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari hamda mehnatni muhofaza qilish vakillari ishtirok etdilar. O‘quv-seminarda Q.Xaitov “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri” mavzusida, R.Gaziyeva “Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va yo‘riqnomalari”, Sh.Axmedova “Xodimlarni ish bilan ta’minlash, ish haqi va mehnat muhofazasi masalalarida ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish yo‘llari” to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ishtirokchilar ushbu ma’ruzalarga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri” mavzusidagi o‘quv-seminarining asosiy maqsadi qonuning o‘zgartirish, qo’shimchalar kiritilgan moddalari bilan tanishtirish va yo‘riqnomalardan to‘g‘ri foydalanish tartiblarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Albatta, mazkur masalalar yechimini topishida kasaba uyushmalariga hamkor tashkilotlar hamda jamoat tashkilotlarining yaqin hamkorligi va yordami zarur bo‘lishini alohida qayd etmoq lozim.

Seminar ishtirokchilariga “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri, nizomlar hamda boshlang‘ich tashkilot vakillari uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qoidalar jamlanmasi va yo‘riqnomalar elektron shaklda tarqatildi.

photo_2017-03-24_07-55-37

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar