29/04/2017
Quyoshli yurtning afsonaviy va qadimiy shahriga sayohat

4 - копия

O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati tarmoq xodimlarining 62 nafariga 21-23-aprel kunlari Toshkent-Urgench – Xiva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “Kasaba-Sayr” tashkiloti tomonidan “Afsona” nomli harakatlanuvchi poezdida 3 kunlik sayohat uyushtirildi.

Sayohatchilar Xiva shahriga yetib kelib, “Ichan – Qal’a” (XVIII–XIX asrlar), Ichki shahar – Ichan Qal’a (shahriston) va Tashqi shahar – Dishan Qal’a (rabot), Said – Allauddin maqbarasi, Kalta – Minor minorasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Olloqulixon karvonsaroy va madrasasi (XIII–XIX asrlar), Pahlavon Mahmud madrasasi (XVII– XIX asrlar), Tosh–Xovli saroyi, Ko‘hna – Ark majmuasi (XIX asr), Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi (1908–1910 yillar) hamda Polvon darvozasi (XIX asr) bo‘ylab sayohat qilishdi.

Sayohatchilarga gid tomonidan har bir majmua to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Sayohatchilar tarixiy shahar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va katta taassurotlar bilan qaytishdi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar