15/05/2017
Sport musobaqalari an’anaga aylanmoqda

1

Sport uzoq vaqtlardan buyon xalqlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatishda bir rishta bo‘lib kelmoqda. Sport musobaqasi ommaviyligini oshirish, xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek ta’lim sohasida faoliyat yuritgan marxum ustozlar xotirasini yod etish maqsadida tumandagi umumta’lim muassasalari o‘rtasida 9-may “Xotira va qadrlash” kuni, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yil 6-may kuni Arnasoy tumani umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sportning “mini futbol” turi bo‘yicha, 11-may kuni o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘rtasida erkaklar o‘rtasida mini futbol va ayollar o‘rtasida voleybol musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida b o‘lib o‘tgan “mini futbol” musobaqasi yakuni bo‘yicha tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bulimi jamoasi 1-o‘rinni, 1-son umumta’lim maktabi 2-o‘rinni, 2-son umumta’lim maktablari 3-urinlarni kulga kiritishdi. Shuningdek 11-may kuni urta maxsus kasb-xunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mini futbol va voleybol musobaqasi yakuni buyicha umumjamoa hisobida tuman Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji jamoasi 1-urinni, Transport va qishloq xo‘jaligi kolleji 2- o‘rinni, Informatika va xizmat k o‘rsatish kolleji 3- o‘rinni q o‘lga kiritishdi.

Tadbir yakuni bilan musobaqa ishtirokchilari va g‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan ragbatlantirildi.


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar