29/05/2017
Uchtepa tumanida tanlovning 1-bosqichi yakunlandi

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uchtepa tuman kengashi tomonidan 2011 yildan boshlab har ikki yilda bir marta “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 25-may kuni 228-sonli maktabda ushbu ko‘rik-tanlovning 1-bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi va unda 73 ta boshlang‘ich tashkilot faol ishtirok etdi.

Nizom talablariga asosan, a’zolari soni 100 nafargacha va 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida tashkiliy komissiya tomonidan munosib tashkilotlar aniqlandi, va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tashkilotlar tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘a va diplomlar bilan rag‘batlantirildi.

“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida ishtirok etgan, a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rinni 193-maktab (KUQ raisi – Dadabaeva Sevara), 2-o‘rinni Respublika Dizayn kolleji (KUQ raisi – Salixova Feruza Tursunovna) va 3-o‘rinni 203-maktab (KUQ raisi –Vaxabova Farida Mukarramovna) boshlang‘ich tashkiloti qo‘lga kiritdi.

A’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida esa 1-o‘rinni 244-maktabgacha ta’lim muassasasi (KUQ raisi – Xojimatova Moxira Shukuralievna), 2-o‘rinni 14-maktab (KUQ raisi – Dustmuxamedova Muxabbat Odilovna) va 3-o‘rinni 28-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi (KUQ raisi – Azizov Abduramiz Abdushukurovich) boshlang‘ich tashkiloti qo‘lga kiritdi.

Bunday tadbirlar natijasida muassasalarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyasini ta’minlash,  ularga yetarli mehnat va maishiy sharoitlar yaratilishi, jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlardan barcha xodimlarning birdek foydalanishlari borasidagi amaliy ishlarga e’tibor kuchaydi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar