22/05/2017
“Oila – muqaddas qo‘rg‘on”

1 - копия

Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati tashkilotlarida 15 may – “Xalqaro oila kuni”ni munosib nishonlash maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda qator tadbirlar uyushtirildi.

Jumladan, xotin-qizlar ko‘mitalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bo‘limlari bilan “Oila muqaddas, oila aziz” mavzusida ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar hamda “Eng namunali oila” tanlovlarining shahar, tuman bosqichlari tashkil etildi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida “Otam, onam va men sportchilar oilasimiz”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiorlari ostida ommmaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
“Eng namunali oila” tanlovining Xiva tuman bosqichida mahalla, oila va maktab hamkorligida tumandagi 1, 2, 20, 51, 54-sonli maktablar kasaba uyushma a’zolarining oila a’zolari bilan faol ishtirok etdilar.

Tanlov shartlariga ko‘ra 51-sonli maktab o‘qituvchisi Matrasulova Shoira oilasi “Eng namunali oila” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-sonli maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Atajonova Leninza oilasi “Eng ibratli oila” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi. 54-sonli maktab o‘qituvchisi Jaboqova Gulbaxor “Eng moxir oshpaz” nominatsiyasi, 1-sonli maktabning o‘qituvchisi Qodirova Dilrabo “Eng oqila oila” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandilar. G‘oliblarga tuman xotin-qizlar qo‘mitasining diplomlari va ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xiva tuman kengashining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Bog‘ot maishiy xizmat kollejida “Eng namunali oila” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim tizimida ishlayotgan 5 ta namunali oila ishtirok etdi. Urganch shahar Kengashi Urganch Davlat Universiteti qoshidagi 3-sonli Akademik litsey bilan hamkorlikda “Oila muqaddas, oila aziz” mavzusida ma’naviy –ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi,

Ota-onalar universiteti, Urganch shahridagi 15-sonli “Hamjihatlik” mahallasi faollari qatnashdilar. Tadbirda akademik litsey o‘quvchilari “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi” konsepsiyasi asosida keng qamrovli, bevosita hozirgi vaqtda global muammo bo‘lgan sahna ko‘rinishlari bilan kelgan mehmonlarni xushnud qildilar.

Xonqa tumanida ham “Otam, onam va men sportchi oilamiz” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda jami 62 ta oila 186 kishi qatnashdi. Unda 1-maktab qiz bolali oila 1-o‘rin, 10-maktab o‘g‘il bolali oila 1-o‘rin, 5, 27-maktablar 2-o‘rin va 2, 8-maktablar 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

3 - копия

 

 

 

 

 

 

6 - копия


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar