14/01/2018
Amaliy seminar-yig‘ilish o‘tkazildi

2

Joriy yilning 12-dekabr kuni Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislari uchun Baliqchi tumanida “Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalarining barcha tashkilot faoliyatlarini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida olib borishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini borishi” mavzusida amaliy seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.

Seminar-yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari raislari hamda Andijon Davlat Universiteti, Andijon Mashinasozlik instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi raislari ishtirok etdilar.

Seminar qatnashchilari dasturga asosan dastlab tuman kengashining ish faoliyati bilan tanishdilar. So‘ngra tumandagi 34-maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Shodmonova, Barkamol avlod bolalar maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi U.Nurmatova, 9-maktabgacha ta’lim muassasasi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Tolipova, 5-tip bolalar va o‘smirlar sport maktabi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Raxmonovlarning ish faoliyati va xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va boshlang‘ich tashkilotda kasaba uyushmasi ish faoliyatiga oid ish hujjatlarning yuritilishi atroflicha o‘rganildi va ishchi xodimlar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga yaratilgan sharoitlardan ularning manfaatdor ekanliklari o‘rganib chiqildi.

Seminar qatnashchilari tomonidan boshlang‘ich tashkilot a’zolari tomonidan berilgan savollarga shu joyning o‘zida javoblar berilishi ularning siyosiy-huquqiy madaniyatini va kasaba uyushmalari bilan bog‘liq bilimlarini yuksalishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Seminar yakunida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Andijon viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Z.Abdullaev olib bordi.

Seminar-yig‘ilishda joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib kelgan ta’lim, fan va madaniyat xodimlari Baliqchi tuman kengash raisi R.Nabijonov, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari Buloqboshi tuman kengash raisi E.G‘oipovlar malaka oshirish kursida olingan bilim va tajribalarini seminar qatnashchilariga interaktiv usullar bilan tushintirib berdilar va O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan yetkazilishi topshirilgan ma’lumotlarni seminar qatnashchilariga yetkazib berdilar.

Shuningdek yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushmalarining barcha tashkilot faoliyatlarini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida olib borishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini borishi xaqida gapirib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Tuman, shahar kengashlari raislari bir birlari bilan barcha boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarining faoliyatlarini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida olib borishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda xodimlarni sog‘lomlashtirish, ish unumdorligini oshirish, ommaviy sport musobaqa va spartakiadalar o‘tkazish, turizm sohasi, xodimlarga beriladigan moddiy yordam, ularning yaqin oila a’zolarini sihatgoxlarga yo‘llanmalar bilan ta’minlash bo‘yicha fikr almashdilar.

1


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar