12/03/2018
Kam ta’minlangan oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda

1

Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli Qarori ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining olis, chekka qishloqlari tabiiy gaz yetib bormagan hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qiziriq tumanida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi hamkor tashkilotlar hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etishdi.

Qiziriq tumanidagi chekka va olis qishloqlarda istiqomat qiluvchi 30 nafar kam taminlangan oilalarga gaz plitalari reduktor va gaz ballonlari tarqatildi.


Ijtimoiy himoya, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar