20/02/2014
Xalqaro mehnat tashkiloti va uning Konvensiyalaridan kelib chiqadigan vazifalar

Изображение 007

Hozirgi vaqtda jahonning 183 mamlakati Xalqaro Mehnat tashkiloti(XMT) a'zolaridir.

1992 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi XMTning to‘la huquqli a'zosi bo‘ldi. Hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston XMTning 13 ta Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Mamlakatimizda XMTning boshqa Konvensiyalarini ratifikatsiyalashga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasiga binoan agar XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi. Shuningdek, XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining qoidalari mehnatga oid munosabatlar bevosita qonun xujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi.

Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-Konvensiya hamda ”Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risida”gi 182-Konvensiyalarining mazmun mohiyatini keng targ‘ib qilish va uning talablarini hamkorlikda ijrosini ta'minlash maqsadida 2014 yil 19 fevral soat 1500da Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalari boshliqlari, ushbu boshqarmalar boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari, kadrlar bo‘limi boshliqlari, 1500 nafardan ziyod kollej-litsey direktorlari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi apparati xodimlari ishtirokida video-selektor o‘quv-seminari o‘tkazildi.

    Ushbu seminarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktor o‘rinbosarlari X.Zikrillayev, Z.Xudoyberdiyev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri M.Isayev, Markaziy kengash raisi R.Bedilov hamda Markaziy kengash apparati xodimlari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

     O‘quv seminar dasturiga ko‘ra “Xalqaro mehnat tashkiloti va uning Konvensiyalaridan kelib chiqadigan vazifalar”, “Ta'lim tizimida mehnat munosabatlarini tartibga solish amaliyoti”, “Xodimlar mehnatining muhofazasi-havfsiz hayot garovi” hamda tarmoq kasaba uyushmasida olib borilayotgan islohotlarga oid turli mavzularda qilingan ma'ruzalar ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.

      Seminar yakunida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligini amalga oshirishga doir hujjatlar namunasi va tarqatma materiallar tarqatildi hamda mehnat munosabatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Изображение 008 Изображение 009 Без имени-1 Изображение 011  Изображение 012 Изображение 023

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar