07/03/2014
“Ayol borki olam munavvar”

IMG_4843O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvida xodimlar, shu jumladan ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tarmoq kelishuv ijrosini ta'minlash maqsadida 2014 yil 7 mart kuni soat 10-00da O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kichik zalida ta'lim, fan, madaniyat va san'at sohasiga ulkan xissa qo‘shayotgan xotin-qizlar uchun “Ayol borki olam munavvar” mavzusida madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri M.Mirzajonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Maxmadaliyev Baxtiyor Xasanovich, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi Ravshan Bedilov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Oqilxon Ibragimovlar ishtirokchilarni tabriklashdi.

Tadbirda taniqli san'at arboblari, olimalar, vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan 70 dan ziyod xotin-qizlar qatnashdilar. Ularga qimmatbaho bayram sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida madaniy tadbir tashkil etildi. Unda “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansambli, Sharl Vidor-Takkata-Famajor Simfoniyasidan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar murabbiysi Munira Aminova, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artisti Kozim Qayumov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zoya Soy, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yunus To‘rayevlar o‘z san'at na'munalari bilan ayollarni tabrikladilar.

IMG_4851

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar