02/03/2014
2014 yil-“Soglom bola yili”

DSCF5503Soha xodimlari va ularning farzandlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini kundalik turmush tarziga singdirish, turli sport o‘yinlari va jismoniy mashqlarga qiziqtirish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali ularning salomatliklarini tiklash hamda 2014 yil “Soglom bola yili” dastur tadbirlari va tuman kengashi ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosini ta'minlash maqsadida Xazorasp tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hay'ati hamda Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Xazorasp tuman kengashi rayosatining 7 fevral 2-son, 9-6 “o” sonli qo‘shma qarorlari qabul qilindi.

Dastlabki oilaviy musobaqalar hududlarda “Basketbol” estafetasi, “Qopda sakrab yurish” estafetasi, “Arqon tortish” va “Epchillik” estafetasi turlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Hududlarda g‘olib bo‘lgan 4ta oilaviy jamoa musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Musobaqaning tuman bosqichi 28 fevral kuni Muxomon qishlog‘idagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi bazasida o‘tkazildi.

Tuman bosqichida 1-o‘rin 25-son umumta'lim maktabidan Kuryazovlar oilasiga, 2-o‘rin 35-son umumta'lim maktabidan Avezovlar oilasiga va 3-o‘rin 4-son umumta'lim maktabidan Qurbanovlar oilasiga nasib etdi.

G‘oliblar va qatnashchilar tuman kasaba uyushma kengashining diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

DSCF5625 DSCF5534 DSCF5655


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar