04/03/2014
G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbir

Новый рисунок (7)Boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushmalariga  samarali faoliyat yuritayotgan va sog‘lom, barkamol farzandlarni voyaga yetkazish, oilalar mustahkamligini ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularning oila va jamiyatdagi mavqyeini oshirish, namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘ladigan mehnat faxriylarini sharaflash, moddiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 20 fevraldagi “Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarda “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida turkum tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 16-22”o” sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida

Joriy yilning 4-mart kuni G‘ijduvon shaxridagi 10-son musiqa va san'at maktabida “Ayolni qadrlash-millatni qadrlash” shiori ostida musiqali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda 63 nafar maktabdan o‘qituvchi va ishchi xizmatchilar, 53 ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan mudiralari ishtirok etishdi, bundan tashqari ta'lim soxasida ko‘p yillar davomida mexnat qilib kelgan faxriy ayol  o‘qituvchilar ham tadbirga taklif etildi.

Tadbirni boshlovchilar ochib berdi va birinchi so‘zni xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘lim mudiri Z.R.Tolibovaga berdi. Z.Tolibova barchani yaqinlashib kelayotgan bayram bilan muborakbod etgan xolda so‘zni ta'lim, fan va madaniyat xodimlari G‘ijduvon tuman kasaba uyushma kengashi raisi Yu.Sh.Xomidovga so‘zni berdi va Yu.Xomidov ayollarni bayram bilan tabriklab, navbatni musiqa maktab ijodkorliariga topshirdi. Musiqa maktab ijodkorlari o‘zi tayyorlagan musiqali saxna ko‘rinishlari bilan tadbir mexmonlariga bayramona kayfiyat ulashdi. Musiqali tadbir so‘ngida barcha mexmonlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Новый рисунок (1) Новый рисунок (3) Новый рисунок (4) Новый рисунок (5) Новый рисунок (6) Новый рисунок (8) Новый рисунок (9) Новый рисунок (10) Новый рисунок (12) Новый рисунок

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar