16/04/2014
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining jamoa shartnomasi muhokamasi

IMG_86022014 yil 27 mart “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi kasaba uyushmasi a'zolarining 1-sonli umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

1. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini 2013 yildagi ijrosi to‘g‘risida.

2. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini 2013 yilda bajarilishi yuzasidan tekshiruv dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.

 3. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida.

2013 yilda ish beruvchi tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muhandisi S.Akramov, kasaba uyushmasi tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G‘.Xakimovlar hisobot berdi.

Komissiya a'zosi O.Ahmedova 2013 yilda Jamoa shartnomasi bandlarining bajarilgani yuzasidan tekshiruv dalolatnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Yig‘ilish yakunida jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi yuzasidan qaror loyihasi bir ovozdan ma'qullandi.

IMG_8652 IMG_8587 IMG_8560 IMG_8577 IMG_8535 IMG_8565

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar