18/04/2014
“Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” tanlovi haqida

Рисунок3O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazining hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi  Markaziy kengashining 2014 yil 20 martdagi “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 22/QQ, 11/16o-sonli qo‘shma qarorlariga muvofiq Namangan viloyati hokimligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi va viloyat kasaba uyushma tashkilotlari Birlashmasi kengashining qo‘shma qarorlari asosida viloyatdagi 108ta kasb-xunar kollejlari va 10ta akademik litseylarda “Yilning eng yosh faol o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovlarini o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari:

tanlov ishtirokchilarining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar yuzasidan davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, ishlab chiqarish, ijtimoiy-iktisodiy modernizatsiya jarayoni to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan fanlar bo‘yicha ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor, yosh o‘qituvchilarni aniqlash;

ulardagi ijodiy qobiliyatlarni, kasbiy mahoratining ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

aniqlangan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va keng targ‘ib etish, ularning o‘z metodik maktabini yaratishga yo‘naltirish;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida har bir fandan dars berayotgan o‘qituvchilar orasidan yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan, o‘z fanining haqiqiy egalarini saralab olish;

yosh o‘qituvchilarni ta'lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirishga yo‘naltirish;

yosh o‘qituvchilarning innovatsion g‘oya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tadbiq etish, ta'lim-tarbiya jarayonida samara beradigan ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni aniqlash;

yosh o‘qituvchilarning ijodiy faolligini oshirish, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

o‘qituvchining yuksak ma'naviyati, ma'naviy-ahloqiy fazilatlari hamda uning tashabbuskor va ijodkorligini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish.

Tanlov nizomiga muvofiq tanlovning 1-boskichi kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda ishlayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida 2014 yil 1-15 aprelda ta'lim muassasalarida o‘tkazildi.

Uchqo‘rg‘on tumanidagi Iqtisodiyot kollejida “Yilning eng faol yosh o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi 2014 yilning 14-aprel kuni  o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovda kollejning 5 nafar ilg‘or yosh o‘qituvchilari ishtirokida baxslarga boy holda bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda kasb-xunar kollejining moliya fani o‘qituvchisi Tursunova Asila g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tuman bosqichiga yo‘l oldi.

Рисунок1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar