21/04/2014
“Qadriyatlarni qadrlaymiz”

IMG_04802014 yil 29 mart kuni tuman “Sayilgoh” maydonida “Kamolot” YOIX tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Qadriyatlarni qadrlaymiz” loyihasi doirasida “Milliy o‘yinlar” hamda “Qadriyat, urf-odat an'ana va yoshlar” mavzusida Festival tashkil etildi.

Festival boshida tuman 12-son bolalar va o‘smirlar san'at maktabi hamda umumta'lim maktablari, kasb-xunar kollej talabalarining badiiy chiqishlari, barkamol avlod ijodiyot markazining yosh iste'dod egalari, folklyor etnografik jamoalar o‘zlarining milliy madaniy konsert dasturi, raqs va ijodiy chiqishlari namoyish etildi.

“Qadriyat, urf-odat an'ana va yoshlar” Festivalida tuman xotin-kizlar qo‘mitasi, tuman hokimligi axborot xizmati xodimlari, tuman “Maxalla” xayriya jamoat fondi mutaxassislari, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi, tuman XTMFMT va TE bo‘limi tasarrufidagi 42ta umumta'lim maktab hamda 5 ta bolalar bog‘chasi jamoalari, “Barkamol avlod” ijodiyot markazi, tuman Bandlikka kumaklashish va axolini ijtimoiy muhofaza kilish markazi xodimlari, tumandagi 10 mingga yakin yoshlar, mahalla diniy ma'rifat va ma'naviy ahloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari o‘zlarining milliy kasanachilik na'munalari va ko‘rgazmali vositalari bilan  ishtirok etishdi.

Yoshlar festivali doirasida Milliy o‘yinlar musobaqalari (arg‘inmachoq, berkinmachoq, kim kuchli, quvnoq chavondoz, ko‘z bog‘lagich, arqon tortish, kim epchilu kim chaqqon, suz xotin, xo‘roz jangi)ni uyushtirish hamda dasturxon bezash, milliy liboslar, milliy urf-odatlar va an'analar bo‘yicha nominatsiyalari tashkil etildi:

- milliy taomlar namoyishida umumta'lim maktablari hamda kasb-xunar kollejalarining milliy taomlari o‘rganilib tanlov natijalariga ko‘ra Zomin maishiy xizmat va transport kollejining jamoasi g‘olib deb topildi;

- milliy liboslar ko‘rgazmasiga ko‘ra milliy cholg‘u asboblari va milliy liboslar sonining ko‘pligini inobatga olgan holda Zomin maishiy xizmat va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining jamoasi g‘olib deb topildi;

- milliy xunarmandichilik nominatsiyasi orkali tuman Barkamol avlod ijodiyot markazining ilmoqli to‘qish to‘garagi a'zosi O‘ralboyeva Xulkar ko‘rgazmasi na'munali deb topildi;

“Arkon tortish” musobakasida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi uchun 51-sonli umumta'lim maktabi o‘quchilari 1-o‘rinni;

2-o‘rin bilan 15-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari taqdirlandi.

“Xo‘roz urushtirish” milliy o‘yini bo‘yicha 1-o‘rinni 15-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari, 2-o‘rinni 1-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari egallashdi.

“Milliy kurash” musobakasi bo‘yicha tumandagi kasb-hunar kolleji o‘quvchilari bellashishdi. 1-o‘rinni Zomin Pedagogika kolleji o‘quvchisi Xonimkulov Xayitali, 2-o‘rinni Zomin maishiy xizmat va transport kolleji talabasi Xo‘rozov Mansur egalladi.

“O‘zbekiston – baxtli odamlar mamlakati”, “Yurtim jamoli” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etganligi uchun 34-maktab o‘quvchisi Hamdamova Xumora taqdirlandi.

“Varraklar sayili” musobakasida 1-o‘rinni 51-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchisi Xayitboyev Egamberdi egalladi.

IMG_0712 DSC_4792 DSCI3824 DSCI3831

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar