07/05/2014
Xorazm viloyatining Yangiariq tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Eng faol yosh o‘qituvchi” va “Eng faol yosh tarbiyachi” ko‘rik tanlovlari haqida

ATT00034Xorazm viloyatining Yangiariq tumani tomonidan qo‘shma qaror asosida tuman kasaba uyushma kengashi tasarrufida bo‘lgan Sanoat iqtisodiyot kasb-hunar kolleji va Agrobiznes va servis kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari ishtirokida “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik tanlovi 2014 yil 28 aprel kuni o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari tashkiliy ko‘mita a'zolari tomonidan o‘rganilil, tanlov ishtirokchilarining ishlari Nizom asosida  baxolandi.

Tanlovda tumandagi Sanoat iqtisod kasb-hunar kollejining til adabiyot fani o‘qituvchichi Sultonova Shohida g‘olib deb topildi.

Shuningdek, 2014 yil 30 aprel kuni tuman kasaba uyushma kengashi tasarrufida bo‘lgan maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida “Eng faol yosh tarbiyachi” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari “Eng faol yosh tarbiyachi” Nizomi asosida tashkiliy qo‘mita a'zolari tomonidan o‘rganilib tahlil qilindi.

Tanlovda tumandagi 10ta maktabgacha ta'lim muassasalari ishtirok etdilar.

Tanlovda tumandagi 18-son maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Masharipova Fazilat g‘olib deb topildi.

“Eng faol yosh tarbiyachi” tanlovida ishtirok etgan tarbiyachilar tuman kasaba uyushma kengashining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildilar.

ATT00037 IMG_0855 IMG_0863

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar