Yurist darchasi

19/09/2018
O‘zbekiston ahliga, barcha xodimlarga MUROJAATNOMA
Aziz vatandoshlar! Mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ta’minlash, majburiy mehnatni bartaraf etish real hayotiy haqiqatga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangan, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron-bir jazo qo‘llash bilan qo‘rqitgan holda turli ishlarni bajarishga majburlashni taqiqlovchi normalar mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar ham belgilab berildi. Shunday ekan, bu jarayonda faol ishtirok etish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Muhtaram hamkasblar! Ammo uzoq yillar davomida shakllanib qolgan, paxta yig‘im-terim mavsumida   yanada yaqqol ko‘zga tashlanib qolayotgan, bu bilan xalqimizning sha’ni va davlatimizning nufuziga ...

09/07/2018
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari mavqei va nufuzini oshirish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Joriy yilning 6-7 iyul kunlari Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti Raislar kengashi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorligida shahar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 95 nafari ishtirokida Al-Farg‘oniy dam olish uyida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad, bugungi kunda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda ish tajribalarini ommalashtirishga va ularni sog‘lomlashtirishga qaratildi. O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar