26/04/2017
2017-yil – mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturida belgilangan tadbirlar doirasida Respublika bo‘yicha turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 450 nafar uzoq qishloq hududida joylashgan ta’lim muassasalari xodimlari, mehnat faxriylarining 2017-yil 21-23-aprel kunlari qadimiy Xiva shahriga sayohati tashkil etildi.

Dunyo tamadduniga beshik bo‘lgan ko‘hna va hamisha navqiron shaharlarimizni ko‘rishga nafaqat xorijliklar, balki yurtdoshlarimiz ham oshiqadi. Kasaba uyushmalarida turizimni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi bois mehnatkashlarning yurtimizdagi qadimiy shaharlar, tarixiy qadamjolar, maftunkor tabiat qo‘yniga intilishlari kuchaydi.

Tarixiy qadamjolar, istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayohatchilar jahonga mashhur Xiva shahrining qadimiy obidalari, mustaqillik yillarida ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdilar,. Xorazm vohasi san’ati durdonalaridan bahramand bo‘ldilar. Yaratilgan sharoitlar, yuqori saviyadagi servis xizmati barchaga manzur bo‘ldi.

Xivaning ochiq osmon ostidagi muzeyi – Ichan-qal’a Novate.ru sayti talqiniga ko‘ra ziyorat qilish kerak bo‘lgan dunyodagi eng ajoyib qal’alar ro‘yxatiga kirgan.

Dunyo bo‘ylab bu ro‘yxatdan bor-yo‘g‘i 14 ta qal’a o‘rin egallagan. Ichan-qal’a reytingda 8-o‘rinda joylashgan. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini Xorvatiyadagi Dubrovnik qal’asi, ikkinchi o‘rinni esa Ispaniyaning Avila qal’asi zabt etgan. Uchlikni fransuzlarning Karkason qal’asi yopib bergan.

Bugungi kunda Ichan-Qal’a davlat tarixiy-arxeologik muzey-qo‘riqxonasiga aylantirilgan. 26 ga hududda sharqona shaharning ekzotik timsoli saqlanib qolgan. Bu yerda 300 taga yaqin oila istiqomat qiladi va ular asosan hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab ajoyib maskanlar bor. Shunday yerlar qatoriga istalgan shahar-qal’ani kiritish mumkin. Bunday qadamjolarni tarixga yaqinlashish va uning betakror ko‘lamini his etish uchun ko‘proq ziyorat qilish zarur.

Bunday sayohatlar ishchi xodimlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, buyuk bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylashga bo‘lgan hissini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

“Sayohat menda katta taassurot qoldirdi. Vatanimiz tarixiga nazar soldim, buyuk ajdodlar avlodi ekanligimni yana bir marta his etdim”, – deydi Bo‘stonliq tuman 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabi mehnat faxriysi Ertayeva Bazargul Abdukarimovna.

1 - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar