05/03/2018
Respublika kengashi tomonidan “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

VVOL3150 - копия

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan 2018-yil 2-3-mart kunlari 90 nafar tarmoq kasaba uyushmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar uchun “Ayollari qadr topgan yurt” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbek Milliy akademik drama teatri tomoshasiga, Zangiota tumani “Zangiota” ziyoratgohiga, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy binosi muzeyiga tashriflar uyushtirildi.

Bayram munosabati bilan xotin-qizlardan iborat kasaba uyushmasi xodimlari va faxriylariga konsert dasturi tashkil qilindi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

CAYJ9362 - копия


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar