13/03/2018
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Ayollari qadr topgan yurt” nomli tadbir o‘tkazildi

IMG_9373 - копия

Ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritayotgan va oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan institutning faol xotin-qizlarini rag‘batlantirish, namunali kasbiy mahorati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan mehnat faxriylarini sharaflash hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Rayosatining 2018-yil 16-fevraldagi 11-26 “s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 6-mart kuni “Ayollari qadr topgan yurt” nomli badiiy-musiqali kecha tashkil etildi.

Tadbirda institut rahbariyati, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, institutda faoliyat yuritib kelayotgan 347 nafar xotin-qizlar (shulardan 1 nafar fan doktori, 20 nafar fan nomzodlari, 87 nafar katta o‘qituvchilar, assistentlar va xodimlar) ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan xotin-qizlar o‘z so‘zlarida bugun yurtimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasida olib borilayotgan davlat siyosatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida jamoada faol xizmat qilib kelayotgan fidoiy xotin-qizlardan bir guruhiga institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar