18/04/2018
Bog‘ot tuman kengashi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi asosida sayohatlar tashkil qilindi

Безымянный1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida, shuningdek, muhtaram Yurtboshimizning 2017-yil 25-dekabr kuni Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya rahbarlari bilan o‘tkazgan majlisida, xalqimiz va jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishda, ularni ma’naviy ozuqa olishlarida, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanishida madaniyat muassasalarining, xususan, teatr, konsert, kino va muzeylarning o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan.

Bu yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2018-yil 6-fevraldagi YaF-13/196-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Bog‘ot tuman kengashi tomonidan ham bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman kengashi tizimidagi tashkilotlarda ishlayotgan 50 nafar kasaba uyushmasi a’zolari “Navro‘z” bayrami arafasida shu yilning 20-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomli Qoraqalpog‘iston davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif kasaba uyushmasi a’zolarida juda katta taassurot qoldirdi. Muzeyda xodimlarimiz Qoraqalpoq xalqining qadim urf odatlari va madaniyati bilan yaqindan yana bir bor tanishdilar. Shu kunning o‘zida Sulton Uvays qadamjosiga ziyorat uyushtirildi. Shuningdek, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018-yil davomida mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob’yektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan qator qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosida kasaba uyushmalarining faol ishtirokini tashkil etish hamda tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarini turizmga jalb etilishini yanada rivojlantirish asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Shu boisdan 2018-yilning 8-17-aprel kunlari 21 nafar kasaba uyushmasi a’zolari Buxoro viloyatidagi “Jo‘yzar” dam olish maskanida bir vaqtning o‘zida tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar va sog‘liklari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar hamda 5 kun davomida davolovchi muolajalar oldilar. Sayohat davomida xodimlarimiz Bahovuddin Naqshband bobomiz mangu qo‘nim topgan qadamjoga, “Sitorai Moxi Xosa” majmuasiga ziyorat hamda Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat qildilar.

Sayohatchilarga dam olish maskanida qator madaniy va sport tadbirlari tashkil qilinib, ularning faolligi yanada oshdi.

- Sayohat bizda juda katta taasurot qoldirdi. Bir vaqtning o‘zida Buxoro shahriga sayohat, sog‘ligimizni tiklash uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, hayratlandik, deydi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Sharofat Sobirova.

- Bugun biz kasaba uyushmasi a’zolik afzalliklarini yana bir hayotga tadbiq qilgan holda o‘zimizning cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Chunki bizga tashkil qilingan bunday sayohatdan dilimiz quvonchga to‘ldi. Ham sayohat, ham sog‘ligimiz to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish, hamda sog‘ligimizni tiklash uchun har xil muolajalar olish biz uchun kutilmagan bir voqea bo‘ldi desak yanglishmaymiz, deydi tumandagi 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Dilbar Karimova.

Tuman kengashining sayohat tadbirlari yil davomida yana davom etadi.

Безымянный


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar