16/04/2018
Sho‘rchi tumanida “Sog‘lom oila” shiori ostida tuman oilaviy sport musobaqasi o‘tkazildi

07

Sho‘rchi tumanida 2018-yil 13-aprel kuni tumandagi Bolalar va щsmirlar sport maktabining sport zalida tumandagi tashkilot va muassasalar o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida tuman oilaviy sport musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasida Ta’lim, fan va madaniyat, Sog‘liqni saqlash, Agrosanoat majmui, Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish xodimlari kasaba uyushmasi  tashkilotlarining tarmoqlarda g‘olib bo‘lgan xodimlari ishtirok etishdilar.

Sport musobaqasida turli tashkilot va muassasalardan g‘olib bo‘lgan 24 nafar ishtirokchilar sportning “Yugurish”, “Akrobatika elementlari va to‘pni nishonga otish”, “Chaqqonlik va merganlik” estafetasi, “Mohir hujumchi”, “Qaddimizni rostlaymiz, “Sakrashni boplaymiz”, “Tezlik” estafetasi, “Epchillik” estafetasi, “Arqon tortish” musobaqasi, “Bir jamoa” estafetasi turlari bo‘yicha bellashishdi.

Musobaqada tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” xodimi Omonov  Ergash va Xaqqulova Maqsudalar 1-o‘rinni egallashib viloyatda bo‘lib o‘tadigan “Sog‘lom oila” shiori ostida viloyat oilaviy sport musobaqasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Sport musobaqasi juda qiziqarli va qizg‘in kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqa yakunida faol va g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar