16/04/2018
“Muzeylarga tashrif” aksiyasi

Безымянный

Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralaroro Kengashining 2018-yil 22-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida “Yoshlar siyosati sohasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi” ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining “Yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy me’rosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning aprel oyida “Muzeylarga tashrif” aksiyasi tashkil etilmoqda.

Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyiga tashrif jarayonida o‘quvchilarga muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimizning odimlarini aks ettiruvchi, noyob, nodir eksponatlarni asrab-avaylash, o‘rganish ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini  kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, yoshlarning muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni me’rosimiz va qadriyatlarimizdan xabardor qilib borish maqsad qilindi. Ayniqsa tashrif  davrida muzeylarda soha vakillari tomonidan keng qamrovli tushuntirishlar, o‘qituvchilar bilan birgalikda xalqimizning, mazkur hududlarda istiqomat qilib ular tomonidan yaratilgan noyob obidalar bilan tanishtirildi va bu o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda. Muzeylarga tashrif davom etmoqda.

Безымянный1


Yangiliklar, Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar