12/04/2018
Buxoro shahriga sayohat va ziyorat tashkil etildi

Безымянный1

O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat tarmog‘i tizimidagi barcha tashkilot va muassasalar, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida mehnat qilayotgan ishchi xodimlar hamda mehnat faxriylari ishtirokida 2018-yilning 7-8 aprel kunlari Buxoro shahriga sayohat va ziyorat tashkil etildi.

Yetti pirning yurti bo‘lmish Buxoro qadim-qadimdan islom dinining ma’naviy markazlaridan biri bo‘lib kelgan. U yerdagi madrasalar, masjidu maqbaralar, ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan minoralar hali xanuz kishilarni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Sayohatchilarimiz Buxoroga tashrif buyurib, bu fikrlar haqiqat ekanligiga amin bo‘lishdi.

Sayohatchilar sayohatning ilk kunini G‘ijduvon tumanida joylashgan maqbara, ya’ni yetti pirning birinchisi “Xojagon” tariqatining asoschilaridan biri Abduxoliq G‘ijdivoniy maqbarasi hamda “Hazrat Bahouddin Naqshbandiy”, “Sayid Amir Mir Kulol”, Chashmai Ayub, Samoniylar maqbarasi ziyoratgohlarini ziyorat qilishdi. Sayohatning ikkinchi kunida Buxoro amirligiga tegishli bo‘lgan obidalar jumladan; Ismoil Samoniy maqbarasi, Bolo Xavuz masjidi, Ark, Poyi-kalon kompleksi, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi, Kalon masjidi, Toki-zargaron, Moxi Attor masjidi, Labi Hovuz ansambli, Nodir Devonbegi madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Ulug‘bek madrasasi va Labi Hovuz masjidi, shu bilan bir qatorda Buxoro amirlarining yozgi saroyi “Sitorai Moxi Xosa” majmuasiga tashrif buyurib o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

“Buxoro” nomli ikki kunlik sayohat davomida sayohatchilar Buxoroning so‘lim go‘shalari-yu muqaddas joylarini aylanib, ajoyib taassurot bilan maroqli xordiq chiqarishdi. Yurtimizning boshqa maskanlariga ham shunday sayohatlar uyushtirishni taklif qilishdi.


Madaniy-ma`rifiy, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar