10/10/2013
O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi rayosat qarori (26 fevral 2013 yil)

2013 yil 26 fevral 7-16-sonli

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining
2013 yil 26 yanvar “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi
tizimidagi tashkilotlarning madaniy-ma'rifiy va sport
yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini yuritish to‘g‘risida
Nizom xaqida”gi 9-26-sonli qarori to‘g‘risida

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Majlisining 2012 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatini va tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 6-2-sonli qarorining ijrosini ta'minlash hamda tarmoqqa qarashli kasaba uyushma tashkilotlarining madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati qaror qiladi:

1. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2012 yil 26 yanvardagi 9-26-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarning madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini yuritish to‘g‘risida Nizom xaqida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Markaziy kengashning madaniy-marifiy va sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisiga:

  • madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini Federatsiya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom(ilova qilinadi) asosida yuritishni amalga oshirish;
  • tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda tuziladigan tarmoq kelishuviga tarmoqqa qarashli tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • quyi tashkilotlar uchun madaniy-ommaviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqish, tayyorlash va joylarga yetkazish;
  • joylarga chiqqan holda quyi kasaba uyushmasi tashkilotlariga madaniy-ma'rifiy, sport yo‘nalishida amaliy yordam ko‘rsatish;
  • boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy, sport tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish, Federatsiya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga tarmoq kasaba uyushmalari tashkilotlari qatnashishini ta'minlashda hududiy birlashmalar bilan hamkorlik qilish;
  • har yili ijtimoiy sohada qabul qilinadigan Federatsiya Kengashining yil dasturiga asosan tarmoq dasturini ishlab chiqilishini tashkillashtirish, bajarilish monitoringini olib borish;
  • tarmoqda kasbga oid ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishini tashkil etish;
  • tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tarmoq xodimlari farzandlarining sifatli sog‘lomlashtirilishini tashkil etishda ishtirok etish vazifalari topshirilsin.

3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy kengash raisi o‘rinbosari R.Kasimov zimmasiga yuklatilsin.

Markaziy kengash raisi                                                      R. Bedilov

 

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosatining 2013 yil 26 fevral 7-16-sonli qaroriga ilova

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarning
madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishlari bo‘yicha
faoliyatini yuritish to‘g‘risida

N I Z O M
(O‘zbekiston KUFK Rayosatining 2013 yil 26 yanvar  
9-26 -sonli qarori bilan tasdiqlangan)

I.    Umumiy qoidalar
II.    Asosiy vazifa va funksiyalar
III.    Huquq va majburiyatlar
IV.    Nizomning bajarilishini nazorat qilish

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Nizom kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda – “kasaba uyushmalari”) madaniy-ma'rifiy va sport sohasidagi faoliyati mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlarini, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tuzilma yoki mas'ul xodimning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
1.2. Madaniy-ma'rifiy va sport sohasidagi faoliyatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari mehnatkashlar orasida milliy g‘oya targ‘ibotini olib borish, ularning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, bo‘sh vaqtlarini sermazmun tashkil qilish, ommaviy sportni rivojlantirish, mehnatkashlar farzandlarining sog‘lomlashtirilishini tashkil etish yuzasidan tegishli faoliyatni amalga oshirishdan iborat.

1.3. Madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishidagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun Federatsiya Kengashi Rayosatining qarori bilan:

  • kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashida;
  • Agrosanoat majmui, Aviaxodimlar, Davlat muassasalari va jamoat xizmati, Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, Sog‘liqni saqlash, Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalarining Markaziy kengashlarida;
  • Aloqa, YOqilg‘i energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya,  Metallurgiya va mashinasozlik, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmalarining soha bo‘yicha Respublika birlashgan qo‘mitalarida;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar tashkilotlari birlashmalari kengashlarida bo‘lim tashkil qilinishi yoki bitta shtat birligidan iborat bosh (yetakchi) mutaxassis lavozimi joriy etilishi mumkin.

1.4. Ular o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi va Harakat Dasturi, kasaba uyushmalari Federatsiyasi, tarmoq kasaba uyushmasi Qurultoylari, Kengashlari hamda uning Rayosatlari qarorlari, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi konferensiyasi, kengashi, kengash rayosati qarorlari, shuningdek, mazkur Nizom va tasdiqlangan ish reja asosida tashkil etadi hamda olib boradi.

1.5. Bo‘lim mudiri lavozimiga kasaba uyushmalari, davlat, jamoat, xo‘jalik tashkilot va organlarida kamida 5 yillik ish stajiga, bosh (yetakchi)  mutaxassis lavozimlariga 3 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy ma'lumotli shaxslar Federatsiya Kengashining me'yoriy hujjatlarida belgilanganiga ko‘ra tayinlanadi.

1.6. Madaniy-ma'rifiy va sport ishlari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas'ul xodimlarning malakasi, Federatsiya Kengashining me'yoriy hujjatlarida belgilanganiga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazida o‘quv kurslari tashkil etish orqali oshiriladi.

II. MADANIY-MA'RIFIY VA SPORT YO‘NALISHIDA FAOLIYAT YURITUVCHI BO‘LIM, MAS'UL XODIMLARNING ASOSIY VAZIFA VA FUNKTSIYALARI

2.1. Asosiy vazifalar:

  • mehnatkashlar orasida milliy g‘oya targ‘ibotini olib borish, ularning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga yordam beruvchi madaniyat, xalq urf-odatlari va marosimlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini kengaytirish yuzasidan tegishli faoliyatni amalga oshirish;
  • mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlarini tashkillashtirish;
  • mehnatkashlar o‘rtasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar, konferensiyalar, ko‘rik-tanlovlar, festivallar, suhbatlar, uchrashuvlarni tashkil etish, ularni o‘tkazishga ko‘maklashish;
  • ishchi-xodimlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni, ichki turizmni rivojlantirish;
  • har yili ijtimoiy sohada qabul qilinadigan davlat dasturlari asosida kasaba uyushmalari dasturini shakllantirish, monitoringini yuritish, faoliyatga oid yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib borish;
  • Bosh kelishuv, tarmoq va hududiy kelishuvlar, jamoa shartnomalari va kelishuvlari imkoniyatlaridan foydalangan holda, korxona, tashkilot va muassasalar balansidagi kasaba uyushmalariga foydalanishga berilgan madaniy-ma'rifiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mehnatkashlar, xotin-qizlar, bolalar va o‘smirlarning ularda shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berish yuzasidan ishlarni amalga oshirish;
  • Bosh Kelishuv, tarmoq va hududiy kelishuvlarga mehnatkashlarning madaniy-ma'rifiy va sportga bo‘lgan ehtiyojlarini himoya qilish, ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
  • bolalar va o‘smirlarning yozgi mavsumda dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, ekologik jihatdan murakkab mintaqalardagi bolalarga, ehtiyojmand oilalar farzandlariga, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni tashkil etish, mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritib borish;
  • o‘z yo‘nalishi doirasida hududdagi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik tadbirlarini ishlab chiqish, bajarilishini ta'minlash;
  • kasaba uyushmalarining Xotin-qizlar kengashi (Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari) ishini yo‘naltirib borish, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.

2.2. Vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Agrosanoat majmui, Aviaxodimlar, Davlat muassasalari va jamoat xizmati, Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, Sog‘liqni saqlash, Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari, Ta'lim, fan va madaniyat  xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy kengashlarining Madaniy-ma'rifiy va sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi:

tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda tuziladigan tarmoq kelishuviga mehnatkashlarning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

  • quyi tashkilotlar uchun madaniy-ommaviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqadi, tayyorlaydi  va joylarga yetkazadi;
  • joylarga chiqqan holda quyi kasaba uyushmasi tashkilotlariga madaniy-ma'rifiy, sport yo‘nalishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy, sport tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashadi, Federatsiya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga tarmoq kasaba uyushma tashkilotlari qatnashishini ta'minlashda hududiy birlashmalar bilan hamkorlik qiladi;
  • har yili ijtimoiy sohada qabul qilinadigan Federatsiya Kengashining yil dasturiga asosan tarmoq dasturini ishlab chiqilishini tashkillashtiradi,  bajarilishi monitoringini olib boradi;
  • tarmoqda kasbga oid ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tarmoq xodimlari farzandlarining sifatli sog‘lomlashtirilishini tashkil etishda ishtirok etadi.
  • Soha bo‘yicha Respublika birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalarining Madaniy-ma'rifiy va sport ishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi:
  • tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda tuziladigan soha bo‘yicha tarmoq kelishuviga mehnatkashlarning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • quyi tashkilotlar uchun madaniy-ommaviy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqishda Markaziy kengashlarga ko‘maklashadi, ularni boshlang‘ich tashkilotlarga yetkazadi;
  • joylarga chiqqan holda quyi kasaba uyushmasi tashkilotlariga madaniy-ma'rifiy, sport yo‘nalishida amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • sohaga qarashli boshlang‘ich tashkilotlarda madaniy-ma'rifiy, sport tadbirlari o‘tkazilishiga ko‘maklashadi, Federatsiya Kengashi tadbirlariga sohaga qarashli tashkilotlar ishtirokini ta'minlashda hududiy birlashmalar bilan hamkorlik qiladi;
  • sohada kasbga oid ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
  • har yili ijtimoiy sohada qabul qilinadigan tarmoq dasturining yo‘nalishga oid bandlarining sohadagi boshlang‘ich tashkilotlarda bajarilishini ta'minlaydi, monitoringini olib boradi;
  • tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda soha xodimlari farzandlarining sifatli sog‘lomlashtirilishini tashkil etishda ishtirok etadi.

Hududiy birlashmalarning Madaniy-ma'rifiy va sport ishlari bo‘limi:

  • mehnatkashlar o‘rtasida madaniy-ma'rifiy, milliy g‘oya targ‘ibotini olib boradi, ularning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish yuzasidan tegishli faoliyatni amalga oshiradi;
  • boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkaziladigan “Ma'naviyat soatlari”ning monitoringini olib boradi;
  • boshlang‘ich tashkilotlarga mehnatkashlar, yoshlar o‘rtasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, festival, suhbat va uchrashuvlar, sport tadbirlari tashkil etishga ko‘maklashadi;
  • viloyat miqyosidagi madaniy-ma'rifiy, ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtiradi, Federatsiya Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarga hududdan ishtirok etilishini ta'minlaydi;
  • hududiy Kelishuvlarni shakllantirishda ishtirok etadi, hududiy kelishuvga mehnatkashlarning madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish Konsepsiyasiga muvofiq bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq masalalarni tashkil etadi, yo‘naltirib va muvofiqlashtirib boradi;
  • oromgohlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo‘yicha Manzilli dastur bajarilishining muntazam monitoringini olib boradi;
  • har yili ijtimoiy sohada qabul qilinadigan Federatsiya Kengashining yil dasturiga asosan birlashma kengashining hududiy dasturini ishlab chiqilishini tashkillashtiradi, monitoringini olib boradi va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi;
  • jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik tadbirlarini ishlab chiqadi,    bajarilishini ta'minlaydi;
  • mehnatkashlar o‘rtasida ichki turizmni tashkil etadi;
  • Respublikada nishonlanadigan umumxalq bayramlari munosabati bilan tadbirlar ishlab chiqadi, bajarilishi monitoringini yuritadi, ehtiyojmand oilalar, “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari, urush va mehnat faxriylariga moddiy va homiylik yordami ko‘rsatish ishlarini tashkil qiladi.

III. MADANIY-MA'RIFIY VA SPORT YO‘NALISHIDA FAOLIYAT YURITUVCHI BO‘LIM, MAS'UL XODIMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1 Yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishida faoliyat yuritadigan bo‘lim, mutaxassislar quyidagi huquqlarga ega:

  • belgilangan vazifalar yuzasidan kasaba uyushmalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganib, ularning faoliyati yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash;
  • madaniy-ma'rifiy va sport sohasida, xotin-qizlar, bolalar bilan ishlash borasida ijtimoiy tadqiqot yo‘li bilan jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali bu sohalarda ularning manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishlarini rivojlantirish yuzasidan ish olib borish;
  • yo‘nalishga doir masalalar bo‘yicha Federatsiya Kengashi, tarmoq kasaba uyushmasi Markaziy kengashlari, soha bo‘yicha Respublika birlashgan qo‘mitalari, hududiy birlashmalar kengashlari Majlislari va Rayosat yig‘ilishlariga masala, ma'lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;
  • faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan vakolati doirasida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, joylardagi mahalliy hokimliklar, idoralar  hamda jamoat tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • Jamoa shartnomalari, Kelishuv va Bitimlarni ekspertizadan o‘tkazishda, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishga doir qabul qilinadigan hujjat va dasturlarni tayyorlashda hamda qabul qilishda ishtirok etish;
  • kengashlarning kelgusi va joriy ish rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etish;
  • amaldagi me'yoriy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish, hujjatlarni ishlab chiqishda takliflar bilan chiqish.

3.2. Yuklatilgan vazifa va funksiyalar hamda berilgan huquqlardan kelib chiqqan holda madaniy-ma'rifiy va sport yo‘nalishida faoliyat yuritadigan bo‘lim, mutaxassislar quyidagilarga majbur:

  • ushbu Nizomda yuklatilgan vazifa va funksiyalarni to‘liq amalga oshirilishiga;
  • boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazilishiga amaliy yordam ko‘rsatishga.
  • IV. NIZOMNING BAJARILISHINI NAZORAT QILISH:
  • Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish Kengashlar rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu qarorning Microsoft Word fayli ko'rinishidagi nushasini quydagi havola orqali ko'chirib olishingiz mumkin

O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi rayosat qarori (26 fevral 2013 yil)


Madaniy-ma`rifiy

Izlash

 

So`ngi e`lonlar