Prezident maktubi — yoşlar uçun hayotiy saboq



Bugungi jadal rivojlanayotgan va axborot oqimi shiddat olgan davrda yoş avlodning ma’naviy dunyoqaraşini şakllantiriş, ularni ilmu ma’rifatga undaş har bir ta’lim muassasasi hamda jamoat taşkilotlarining ustuvor vazifasidan biridir. Mirzaçöl tumani 3-sonli umumta’lim maktabida bölib ötgan ma’rifiy va ma’naviy tadbir ayni şunday ezgu hamda olijanob maqsadlarga xizmat qildi. Tadbir davomida öquvçilarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka Iordaniyaga parvoz vaqtida yozgan samimiy, hayotiy va çuqur mazmunga ega maktubi öqib eşittirildi.
Uşbu maktub şunçaki oilaviy samimiyat yoki şaxsiy nasihat aks etgan yozışma emas, balki butun Özbekiston yoşlari uçun möljallanğan hayotiy dasturulamal, teran va unutilmas saboqdir. Maktubda ilgari surilgan hayotiy fikrlar, ezgu nasihatlar va muhim ma’naviy saboqlar har bir öquvçining qalbidan çuqur joy oldi. Unda yoş avlodni tinimsiz bilim olişga, kitob mutolaasini kanda qilmaslikka, doimiy izlanişda bölişga, vaqtning har bir daqiqasini qadrleşga, ota-onaga çeksiz hurmat va Vatanga sadoqat ruhida kamol topişga undovçi ğoyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat rahbari tomonidan bildirilgan uşbu samimiy ögitlar öquvçilarning kelajakka bölgan ishonçini va ma’suliyatini yanada oşirdi.
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi har doim ta’lim dargohlarida ta’lim sifatini oşiriş bilan birga, pedagoglar va öquvçilar uçun munosib ma’naviy-ijtimoiy muhit yaratışni özining asosiy maqsadi va burchi deb biladi. Kasaba uyuşmasi hududiy taşkilotlari maktab jamoasi bilan yaqin hamkorlikda uşbu maktub mazmun-mohiyatini öquvçi-yoşlar va pedagoglarga yetkaziş borasida taşkilotçilik va ma’rifiy kömak körsatdi. Kasaba uyuşmasining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyicha mas’ullari ta’kidlaganidek, bölğusi bunyodkorlarni tarbiylaşda bunday hayotiy saboqlar va samimiy muloqot şakllari pedaqogik jarayonning ajralmas qismiga aylanışi lozim. Kasaba uyuşmasi nafaqat xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qiladi, balki ularning ma’naviy va kasbiy rivojlanişiga, ta’lim muassasalarida soğlom va ilhomlantiruvçi muhit qaror topişiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Maktabning tajribali pedagog xodimlari va kasaba uyuşmasi faollari maktubdagi har bir da’vatni öquvçilar qalbida muhrlaş uçun çuqur tahliliy suhbatlar ötkazişdi. Maktubni tinglaş jarayonida öquvçilar kitobxonlikning inson hayotidagi örni, vaqtni töğri taqsimlaş könikmalari hamda öz ustida işleşning ahamiyati haqida özlariga tegişli xulosalar çiqarişdi. Davlat rahbarining nabirasiga yöllagan maktubidagi har bir ögit yoşlarga çinakam ma’naviy quvvat bağışlab, ularni yangi marralarni zabt etişga, maktabda a’lo baholarga öqişga va jamiyat uçun munosib inson bölişga undadi.
Xulosa örnida aytış mumkinki, Mirzaçöl tumani 3-sonli umumta’lim maktabida ötkazilgan uşbu tadbir yoşlar qalbidagi milliy ğurur, ilmga intiliş va vatanparvarlik tuyğularini yanada olovlantirdi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi bundan buyon ham ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni taşkil etiş, jöşqin va taşabbuskor yoşlarni hamda ularga ta’lim berayotgan fidoiy pedagoglarni har taraflama qöllab-quvvatlaş, ularga ijtimoiy va huquqiy kömak beriş vazifasini izçil davom ettiradi. Bunday samimiy maktublar va ulardan çiqarilgan saboqlar kelajakda yurtimiz ravnaqi uçun xizmat qiladigan bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar şaxslarning yetişib çiqişida muhim poydevor bölib xizmat qiladi.
