Prezident maktubi — yoşlar kamoloti va kelajak sari yöl körsatuvçi hayotiy dasturilamal

Yoş avlodni bilim olişga, intiluvçan, sabrli va jasoratli bölişga, hayotdagi qiyinçiliklardan çöçimasdan doimo olğa intilişga undovçi uşbu maktub ta’lim va ilmiy jamoalar orasida katta qiziqiş hamda hayajon bilan qabul qilinmoqda.

Xususan, Toşkent davlat texnika universitetida talabalar iştirokida taşkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvda universitet kasaba uyuşmasi raisi X.F.Zikrillayev tomonidan Prezidentning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli maktubi öqib berildi. Uçraşuv davomida maktubda ilgari surilgan ezgu ğoyalar va tarbiyaviy fikrlarning yoşlar kamolotidagi örni alohida ta’kidlandi. Şuningdek, talabalarga “Özbekiston 24” telekanalida namoyiş etilgan videolavha katta ekranlar orqali yetkazildi.

Bundan taşqari, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalari universiteti, Vatan universiteti hamda Toşkent kimyo xalqaro universitetida ham uşbu hayotiy nasihatlar yuzasidan ma’rifiy tadbirlar ötqazildi. Maktubda aks etgan vaqtni qadrlaş, buyuk ajdodlarimizga munosib voris böliş, bilim va ma’rifatga intiliş hamda Vatan ravnaqiga hissa qöşişga çorlovçi ögitlar talaba-yoşlarda alohida taassurot qoldirdi.

Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovasiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasida ham davlatimiz rahbarining xorijiy safarlari davomida bitilgan samimiy maktubi öqib eşittirildi. Uşbu ögitlar yoşlarning qalbida kelajakka işonç, faol fuqarolik pozitsiyasi va ezgu maqsadlar sari intiliş tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Добавить комментарий