30/10/2018
“Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.

photo_2018-11-05_10-13-30

Joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari ish beruvchilari,  ularning vakillari, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi ish beruvchilari vakillari ishtirokida “Ijtimoiy sheriklik – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Respublika kengashi mas’ul xodimlari tomonidan “Xalqaro va mehnat standartlari. Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari.”, “Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning muassasalardagi ijrosi”, “Mehnat qonunchiligi – jamoatchilik nazoratida”, “Yoshlar bilan ishlash komissiyalari va ularning faoliyatini samarali tashkil etish” mavzularida ma’ruzalar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

photo_2018-11-05_10-12-50

Seminar so‘ngida ish beruvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan, amaliyotda duch kelinayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar olib borildi va bu kabi seminarlarni doimiy tarzda tashkil etib borishga kelishib olindi.


Bosh sahifada aylanish, Ijtimoiy himoya, Mehnat-muhofazasi, Yangiliklar, Yoshlar birlashmasi

Izlash

 

So`ngi e`lonlar