ĞUZORDA SAYYOR QABUL: MEHNAT HUQUQLARI VA IJTIMOIY HIMOYANING AMALIY KAFOLATI

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, mehnatkaşlarning huquq va manfaatlarini har taraflama himoya qiliş borasida keng qamrovli islohotlar izçil amalga oşirilmoqda. Xususan, ta’lim va fan sohasi xodimlarining munosib mehnat şaroitlariga ega bölişi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari töliq ta’minlaşi va jamiyatdagi nufuzi oşişi kasaba uyuşmalarining doimiy diqqat markazida turadi. Şu maqsadda Ğuzor tumanida ötkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham kasaba uyuşmasi a’zolari bilan bevosita muloqot örnatiş, ularning dardu taşvışlariga quloq tutış hamda joylarda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarni tezkor va samarali hal etışning amaliy mexanizmi sifatida namoyon böldi.

Tadbirda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasining mas’ul vakillari, tuman bölinmasi mutaxassislari hamda tajribali huquqşunoslar iştirok etdilar. Oçiq va samimiy muloqot çoğida ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan öqituvçilar, murabbiylar va texnik xodimlar özlarini qiziqtirgan mehnat munosabatlari, iş haqi va unga qöşimça tölovlar, mehnat muhofazasi hamda ijtimoiy imtiyozlar böyiça öz murojaatlarini bildirdilar. Sayyor qabulning asosiy maqsadi şunçaki murojaatlarni qabul qiliş va röyxatga oliş bilan çeklanib qolmay, balki har bir masalaning tub mohiyatiga yetib borış, har bir xodimga huquqiy, ma’naviy hamda amaliy kömak berışdan iborat böldi.

Ta’kidlaş joizki, sayyor qabul davomida kelib tuşgan murojaatlarning aksariyati joyida öz yechimini topdi va tegışli çora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, mehnat qonunçiligi ijrosi, mehnat şartnomalarini tuzış va bekor qiliş tartiblari, ta me ta’til pullari hamda ustamalar tölanişi, şuningdek, xodimlarning salomatligini saqlaş hamda dam oliş vaqtlarini töğri taşkil etışga oid köplab savollarga atroflicha huquqiy tuşuntirişlar berildi. Joyida hal etış imkoni bölinmagan, muayyan vaqt va qöşimça örganış hamda çuqur tahlil talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa tegışli mas’ullarga aniq topşiriqlar berilib, ularning ijrosi kasaba uyuşmasi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Kasaba uyuşmasi nafaqat huquqiy himoyaçi, balki har bir xodimning ma’naviy va ijtimoiy suyançi hamdir. Sayyor qabul jarayonida pedagoglar va soha fidoyilari uçun yaratilayotgan şaroitlar, ularning mehnatini munosib qadrlaş hamda ma’naviy qöllab-quvvatlaş borasidagi sa’y-harakatlar ham qizğin muhokama etildi. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilişini ta’minlaş böyiça taşkilot rahbarlariga tegışli tavsiyalar berildi. Uşbu muloqot tuman ta’lim va fan xodimlarining kasaba uyuşmasiga bölgan işonçini yanada mustahkamltaşga hamda ularning öz kasbiy faoliyatiga bölgan mas’uliyatini oşirişga xizmat qildi.

Xulosa örnida aytış mumkinki, Ğuzor tumanida ötkazilgan uşbu sayyor qabul kasaba uyuşmasi faoliyatining oçiqligi, şaffofligi hamda inson manfaatlariga yo’naltirilganini yorqin körsatdi. Joylarda bu kabi oçiq va mazmunli muloqotlarni muntazam ötkazib borış xodimlarning huquqiy madaniyatini oşiriş, mehnat muassasalarida adolat hamda barqaror ma’naviy-ruhiy muhitni ta’minlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi bundan buyon ham har bir a’zoning huquqi va qonuniy manfaatlarini qat’iy himoya qilişda, ularning munosib mehnat qilişlari uçun barcha imkoniyatlarni safarbar etışda izçil davom etadi.

Добавить комментарий