«Özbekiston – 2030» strategiyasi va tarmoq kasaba uyuşmasining ustuvor vazifalari muhokama markazida

Ayni paytda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining malaka oşiriş instituti nodavlat taʼlim muassasasida tinglovçilar bilan oçiq muloqot va davra suhbati ötkazilmoqda.
«Özbekiston – 2030» strategiyasi doirasida Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bağişlangan mazkur tadbirda Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşi raisi A.R. Raxmonov, rais örinbosarlari Ş.S. Javlonov va M.H. Boboyorov, şuningdek, Respublika kengaşining masʼul xodimlari — M.M. Xuddiyev, A.E. Asadov, D.A. Muxamedaliyeva, I.N. Xodjayev hamda D.R. Samarbekovlar iştirok etmoqdalar.

Davra suhbati ayni paytda malaka oşiriş institutida öz bilim va könikmalarini mustahkamlayotgan bir qator tuman va şahar bölinmasi kengaşlari raislari hamda buxgalterlari uçun taşkil etildi.

Oçiq va konstruktiv ruhda keçayotgan muloqot davomida quyidagi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
— «Özbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni taʼlim hamda ilm-fan sohalarida samarali tatbiq etişda kasaba uyuşmalarining örni;
— Hududiy bölinma kengaşlari faoliyatini zamon talablari asosida takomillaştiriş va tizimli yondaşuvni kuçaytiriş;
— Moliyaviy intizomni mustahkamlaş, buxgalteriya hisobini yuritişda şaffoflik va samaradorlikni taʼminlaş;
Tarmoq xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlarini himoya qiliş borasidagi ilğor tajribalar.

Tadbirda iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga Respublika kengaşi rahbariyati va mutaxassislaridan batafsil javoblar olişlari közda tutilgan. Bu kabi uçraşuvlar hududiy bölinmalar rahbarlari va masʼullarining kasbiy salohiyatini oşiriş, şuningdek, belgilangan strategik vazifalar ijrosini joylarda sifatli taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Добавить комментарий