Vatanparvarlik — Avlod Qalbidagi Eng Buyuk Tuyğu: Uçtepa Tumanidagi 14-Sonli Maktabda Ma’naviy-Ma’rifiy Tadbir Ötkazildi



2026-yil 24-noyabr kuni Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi 14-sonli Ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktabida öquvçi-yoşlarni vatanparvarlik, milliy ğurur hamda ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida maktab direktori Dilafruz Abdiyeva «Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub» nomli bitikni öquvçilarga öqib eşittirdi. Avlodlarga ibrat böladigan uşbu hayotiy saboq yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Maktub mazmuni öquvçilarni çuqur muşohadaga undab, ularning qalblarida Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga ehtirom kabi ezgu tuyğularni uyğotdi. Şuningdek, uşbu samimiy bitik orqali yoş avlodga inson hayotida ilm-ma’rifatning tutgan örni hamda munosib şaxs bölib kamol topişning muhim jihatlari yetkazildi.
Bunday tarbiyaviy tadbirlar yoşlar qalbida ezgulik uruğini sepib, ularni hayotda töğri yöl tanlaşga undaşda alohida ahamiyat kasb etadi.
