Без рубрики

09/07/2018
Kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari mavqei va nufuzini oshirish, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Joriy yilning 6-7 iyul kunlari Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi viloyat tashkiloti Raislar kengashi va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorligida shahar, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining 95 nafari ishtirokida Al-Farg‘oniy dam olish uyida ikki kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. O‘quv-seminarni o‘tkazishdan maqsad, bugungi kunda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar asosida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda ish tajribalarini ommalashtirishga va ularni sog‘lomlashtirishga qaratildi. O‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari ...

28/06/2018
“Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yosh olimlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish maqsadida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovining “Eng faol yosh olim” nominatsiyasi respublika bosqichi tashkil etildi. “Eng faol yosh olim” nominatsiyasining tashkilotchisi O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning aprel-may oylarida mazkur tanlovning muassasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlari o‘tkazildi.  Tanlovning Respublika bosqichiga qadar 150 nafardan ortiq ishtirokchi-yosh olimlar ...

23/08/2016
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallagan DASTURI amalda.
  Xorazm viloyati ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi shahar, tuman Kengashlari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VII  Qurultoyida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan dastur ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.     Mazkur o‘quv-seminarga viloyatda faoliyat olib borayotgan 249 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitalari raislari taklif qilindilar. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari tayanch tashkilotlari faoliyati, ibratli ishlari bilan tanishish va tajriba almashish barobarida o‘quv-seminar dasturiga kiritilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kasaba uyushmalari mutaxassislari tomonidan kerakli ma’lumotlarni oldilar.     Seminar dasturidan o‘rin olgan mehnatkashlarni ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, muassasada ish ...

06/09/2015
“Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi”
  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 13 iyulidagi “Kasaba uyushmalari bolalarga aksiyasi doirasida tashkil etiladigan “Tozalik, ozodalik - salomatlik garovi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 22-52 “s” sonli qaroriga asosan joriy yilning 4 sentyabr kuni Sirdaryo  tumanidagi 2,10, 17, 23, 24, 29, 33, 34, 35, 37, 38 - umumta'lim maktablarida, Sayxunobod tumanidagi 5, 7, 14, 16, 18, 22, 23, 25, 30, 31, 33, 38, 36 - sonli umumta'lim maktablarida va Guliston tumanidagi 4, 6, 13, 20, 21, 22, 23, 24 -sonli umumta'lim maktablarida “Tozalik, ozodalik - salomatlik garovi” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktablarning 1-sinflariga qabul qilingan jami 857 nafar o‘quvchilarga 857 ta ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar

«12