Yangiliklar

08/05/2016
9 may “Xotira va qadrlash” kuni
  9 may “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab 2016 yil 6 may kuni ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga va front orqasida xizmat qilgan faxriy ota-onalarga oziq-ovqat va esdalik sovg‘alar tarqatildi.          

08/05/2016
9-may xotira va qadrlash kuni
  Surxondaryo viloyati Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sherobod tuman kengashi tomonidan 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Keksalarni e'zozlaymiz, Vatan tinchligi yo‘lidagi xizmatlarini olqishlaymiz” mavzusida 2016 yil 6 may kuni soat 10-00da tarmoq tizimida faoliyat yuritayotgan va hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan faxriy kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan 35 nafar chernobilchi va baynalminalchilarga bayram tadbiri tashkil qilindi. Bayram tadbiriga kasaba uyushmasining sobiq raisi B.Choriyev taklif etildi. Tadbir qatnashchilari mustaqillik sharofatida yaratilayotgan sharoitlar, ayniqsa, kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan berilayotgan e'tibor uchun minnatdorlik hiisini e'tirof etdilar.

07/05/2016
“Kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari uchun ishga joylashishda imtiyozlar va mexnat kafolatlari to‘g‘risida” mavzusidagi Seminar
  Sirdaryo viloyati O‘rta maxsus kasb-xunar kollejlarining 2015-2016 o‘quv yili bitiruvchilarini keyinchalik egallagan kasblari bo‘yicha ishga joylashtirishni nazarda tutgan  xolda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun aniq korxona va tashkilotlarga - ish beruvchilarga biriktirish hamda ishga joylashtirishni tashkil etish maqsadida bitiruvchilar ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. 2016 yil 15 aprelda Guliston shahar san'at kollejida  o‘tkazilgan seminarda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga karatilayotgan e'tibor,yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kollej bitiruvchilari uchun berilgan imtiyozlar, ishga joylashish va ish bilan ta'minlanish bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berib, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta'lim muassasasini tamomlagan bitiruvchi yoshlarga keng imkoniyat yaratilganligi, ...

07/05/2016
Inson xotirasi muqaddas
  Buxoro muhandislik texnologiya instituti ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashbbusi bilan ishchi gurhi tuzilib, oliygohning “Xotira kitobi” tashkil etildi. 80 nafar marhum olimlar va ustozlarning fotosuratlari va ular to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘planib, kitobga kiritildi. 2016 yil 6 may kuni instituda mehnat qilgan 120 nafar mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir “Xotira kitobi”ning taqdimoti bilan boshlandi. Mehnat faxriylari o‘zlari bilan bir safda mehnat qilgan marhum ustozlarni yodga olishdi. “ Uch avlod uchrashuvi” tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. uchrashuvda mexnat faxriylari , ...

06/05/2016
“Utozlarni yod etish-shogirdlar saodati”
  Mehnat faxriylari qadr topgan yurt­­da mehr-oqibat, qut-bara­ka, tinchlik-xotirjamlik bo‘­ladi. Shu bois xalq ta'limi tizimida fidokorona mehnat qilib, bugungi­ kunda nafaqada bo‘lgan faxriylarni ijtimoiy himoyalash, sihat-salomatligidan xabardor bo‘lish, tibbiy sihatgohlarda salomatliklarini tiklashga ko‘maklashish, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish kasaba uyushmalarning asosiy vazifalaridan biridir. Joriy yil 5 may kuni Buxoro shahar 25-umumta'lim maktabida “Xotira va qadlash kuni” arafasida jamoa a'zolari, o‘quvchilar, jamoat tashkilotlari ishtirokida katta bayram tadbirlari o‘tkazish an'anaga aylangan. Bu yil ham “Ustozlarni yod etish- shogirdlar saodati” mavzusida XXVIII An'anaviy spartakiada tashkil etildi. Mazkur tadbirga ta'lim dargohida mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan 26 nafar mexnat faxriylari hamda 13 nafar vafot etgan xodimlar oila ...

05/05/2016
Fahriylar e’zozda
  “9 may umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda kasaba uyushmalarining ishtirokini ta'minlash, tuman kasaba uyushma tashkilotlarning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Do‘stlik tuman kengashi tomonidan joriy yilinng 4 may kuni 15 nafar fahriy pedagoglar Samarqand shahri ziyoratgohlariga yuborildi.      

04/05/2016
“Kasaba-tur” velomarafonining tuman bosqichi
  Jizzax viloyati Forish tumanida shu yilning 30-aprel kuni “Kasaba-tur” velomarafonining tuman bosqichi bo`lib o`tdi. Unda 56 ta tashkilot va muassasalardan, barcha tarmoqdagi kasaba uyushma tashkilotlarida ishlovchi 167 nafar velosport havaskorlari ishtirok etishdi. Qatnashchilarning 44 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi. “Kasaba-tur” velomarafonini o`tkazishdan asosiy maqsad - mehnatkashlar o`rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, bu orqali ular salomatligini mustahkamlash, turli soha xodimlari o`rtasida o`zaro do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ularning mazkur sport turiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish hamda ekologik toza transport turini ommalashtirishga qaratilgan bo`lib qizg`in bellashuvlarda havaskor velosportchilar sportning ushbu turiga qiziqishlari katta ekanligini namoyish etdilar. 20 dan 35 yoshgacha bo`lgan erkaklar o`rtasidagi bellashuvlarda ...

04/05/2016
“Yuksak ma’naviyatli avlod” ko‘rik tanlov
  2016 yil 4 may kuni 9 musiqa va san'at maktabida “Yuksak ma'naviyatli avlod” mavzusida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda ta'lim muassasalaridan iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. She'r yozish yo‘nalishi bo‘yicha 35-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Xayitmurodova Marjona, opera yo‘nalishi bo‘yicha 2-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Nayimova Nafisa, yakka raqs yo‘nalishi bo‘yicha Jo‘rayeva Sevaralar birinchi o‘rinni olib viloyat bosqichida qatnashishga yo‘llanma olishdi.    

03/05/2016
Spartakiada musobaqalari
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman kengashi tomonidan ta'lim muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlarni sportga keng jalb etish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, Ona vatanga muhabbat, mardlik va jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi barcha ta'lim muassasalari, sportning 8 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Dastlab musobaqalar 9ta hududlarda bo‘lib o‘tdi. Hududlarda 2500 nafardan ziyod xodimlar musobaqalarda ishtirok etishdi. Hudud g‘oliblari 2016 yil 1-may kuni tumandagi “H.Qulniyozov” nomli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi va 6-umumta'lim maktabi sport zalida o‘zaro kuch sinashdi. Umumjamoa hisobida 64-umumta'lim maktabi jamoasi 1-o‘rinni, 24-umumta'lim maktabi jamoasi 2-o‘rinni, ...

02/05/2016
“Kim edigu, kim bo‘ldik ertaga qanday yuksak marralarga erishamiz”
  Joriy yilning 2 may kuni 33, 42, 39 - umumta'lim maktablarida “Kim edigu, kim bo‘ldik ertaga qanday yuksak marralarga erishamiz” mavzusida festival bo‘lib o‘tdi. Festivalda Respublikadan kelgan aktyorlar Suxrob Xasanov va yosh san'atkor Muzaffar Mirzaraximovlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.                

Izlash

 

So`ngi e`lonlar