Yangiliklar

02/02/2015
Sog‘lom turmush tarzi- hayotimiz shiori
   Buxoro shahridagi 123-maxsus maktab - internat jamoasi “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida Respublika spartakiadasining o‘tkazilishi munosabati bilan tayyorgarlik ishlarini boshladi. 169 kishi mehnat qiladigan jamoada bunday musobaqaning o‘tkazilishi o‘quv muassasada sog‘lom muhit, ahillikka zamin yaratishi muqarrar. Ishchi guruhi tomonidan tadbirning yuqori saviyada o‘tishi uchun puxta hozirlik ko‘rildi. Spartakiada sportning voleybol, shashka, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilib, unda 82 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etishdi. Musobaqalar qo‘tarinki ruhda o‘tdi va o‘quvchilar ustoz va murabbiylarining sport sohasidagi mahoratini kuzatib zavq oldilar. Stol tennisi bo‘yicha musobaqalarda o‘qituvchilardan F.Hamroyev, D.Abduraxmonovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. H.YOqubov va T.Toirovalar shashka ustasi ekanliklarini namoyon etdilar. Voleybol musobaqalarida 24 nafar xodimlardan iborat ...

31/01/2015
O‘z kasbinining mohir egasi
  Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining 22 yilligiga bag‘ishlangan “O‘z kasbinining mohir egalari” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘shtepa tumanidagi 4 umumta'lim maktabi boshlangich sinf o‘qituvchisi, kasaba uyushmasi faoli, ustoz-murabbiy Valiyeva Muxayyoxon o‘z tashabbuskorligi, fidoiyligi, ijodiy barqamolligi va yoshlarga ta'lim-tarbiya berishdagi ilg‘or tajribasi hamda samarali mehnatlari uchun 2014 yilning “Xalk ta'limi a'lochisi” unvoni hamda “Shuxrat” medali bilan taqdirlandi. 2015 yil yanvar oyida Qo‘shtepa tumanidagi pedagog xodimlar bilan M.Valiyevaning ijodiy uchrashuvlari tashkil etildi. Tumandagi ta'lim muassasalari rahbarlari, kasaba uyushmasi faollari hamda 500 dan ortiq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida M.Valiyevaning ish tajribasi va faoliyati keng yoritilib, targ‘ib etildi.    

31/01/2015
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi hamda eng yaxshi o‘qituvchi” ko‘rik tanloviga to‘g‘risida
  Yoshlarni xarbiy xizmatga tayyorlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, umumta'lim va jismoniy tayyorgarligini mustaxkamlash, oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishga yo‘naltirish, shuningdek sog‘lom turmush tarzini keng ko‘lamda targ‘ib etish, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari, “Kamolot YOIX hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan 2013 yil 19 martida tasdiqlangan 4;19 8/8-o, 01-4/123-sonli “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha eng yaxshi ta'lim muassasasi va eng yaxshi o‘qituvchi ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash va joriy etish haqida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika kengashi tomonidan qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 3-ilovasiga binoan 1 dona ...

30/01/2015
Eng namunali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi
  2015 yil 29 yanvar kuni Samarqand shahridagi 6-sonli Mehribonlik uyida 2014 yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha Mehribonlik uyining direktori Raxmatova Guljaxon, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Kurbonova Safiya va dalolat komissiyaning raisi Axmedov Xoliddinlarning umumiy jamoa yig‘ilishida hisobotlari tinglandi. Yil davomida jamoa shartnomasining bandlarini bajarilishi bo‘yicha ko‘p ishlar qilinganligi, lekin bajarilmay kolgan bandlarni mavjudligi ham ta'qidlab o‘tildi. 2015 yil davomida bandlarning bajarilishi taminlash uchun har chorakda qilingan ishlar monitoringini olib borish kerakligi umumiy yig‘ilishning qarori bilan qabul qilindi. Yig‘ilishning yakunida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tavsiya etilgan Jamoa shartnomasi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tildi. 2014 ...

29/01/2015
Jamoa kelishuvining bajarilishi
  2015 yil 28 yanvar kuni Samarqand shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limining faollar zalida 2014-2016 yillariga to‘zilgan jamoa kelishuvining, 2014 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoaning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar XTMFMTvaTE bo‘limining barcha xodimlari, ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi xodimlari, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari ishtiroq etishdi. Yig‘ilishni ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashi raisi B.Namazov olib bordi. 2014 yil “Sog‘lom bola yilli”da jamoa kelishuvining bandlarini bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi tomonidan Samarqand shahar XTMFMTva TE bo‘limining mudir vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.Faxriddinovning  hamda kasaba ...

24/01/2015
Keksalar duosi ijobat bo‘lgay
 Kasaba uyushmalarining turizmni rivojlantirish borasidagi faoliyati tobora kengayib bormoqda. Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan 2015 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga binoan yil davomida tarmoq xodimlari, ularning oila a'zolari respublikamizning tarixiy shaharlari, mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlari bilan tanishtirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilangan. 2015 yil “Kenksalarni e'zozlash yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan ilk sayohat ta'lim va madaniyat muassasalarida uzoq yillar davomida mehnat qilib, qarilik gashtini surayotgan otaxonlar va onaxonlar uchun tashkil etildi. 35 nafar keksa ustozlar Buxoro viloyatining “Yetti pir” ziyoratgohlariga, tarixiy va muqaddas qadamjolarga tashrif buyurib, ota-bobolar merosi hamda shahar, qishloqlarimizning bugungi kun ...

23/01/2015
Xindiston Respublikasi elchixonasida uyushtirilgan bayram tadbiri
  Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston va Xindiston o‘rtasida qadimiy rishtalar yanada mustaxkamlanib, yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro ishonch va tenglik, manfaatdorlik ruhida izchil rivojlanib siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy-madaniy aloqalar rivoji yangi bosqichga ko‘tarildi. Joriy yilning 22 yanvar kuni Xindiston Respublikasi elchixonasida O‘zbekiston-Xindiston do‘stlik jamiyati, Lal Baxodir Shastri nomidagi Xindiston madaniyat markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi bilan xamkorlikda 2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili” hamda Xindistonni Respublika deb e'lon qilingan kuniga bag‘ishlab ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri uyushtirildi. Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan yosh olima qizlar ishtirokida o‘zbek milliy liboslari va bezaklari namoyishi taqdim etildi.    

21/01/2015
Tarixni anglamoq, o‘zlikni anglamoq
   Joriy yilning 20 yanvar kuni O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Fanlar akdemiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Keksalarni e'zozlash yili”ga bag‘ishlab sohada faoliyat yuritayotgan, xozirgi kunda nafaqada bo‘lgan keksa soha xodimlarini taklif qilgan holda “Tarixni anglamoq, o‘zlikni anglamoq” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazilib, ularga esdalik sog‘alar topshirildi va muzey tarixidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.        

21/01/2015
O‘zbek yigiti- Vatanimiz posboni
   Toshkent shahar Shayxontohur tuman xalq ta'lim muassasalar faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali, “Kamolot” YOIH Shayxontohur tuman Kengashi hamda  “Yoshlik” JTSJ Shayxontohur tuman Kengashi hamkorligida 14 yanvar - Vatan himoyachilar kuni bayrami munosabati bilan Shayxontohur tuman tasarrufidagi umumta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan erkak xodimlar o‘rtasida “O‘zbek yigiti- Vatanimiz posboni” shiori ostida sportning shaxmat, stol tennisi, mini futbol turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasidan ko‘zlangan asosiy maqsad sportni ommalashtirish masalasiga keng jamoatchilikning e'tiborini qaratish va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayot tarziga aylantirish g‘oyasini ilgari surishdir. Sportning ...

19/01/2015
Vatan himoyasi – muqaddas burch!
  Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Quyichirchiq tuman kengashi tomonidan joriy yilning 18 yanvar kuni Do‘stobod Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji sport zalida “Vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag‘ishlab “Vatan himoyasi - muqaddas burch!” shiori bilan tizimda mehnat qilayotgan erkak xodimlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi. Sport musobaqasida tumandagi 1, 2, 4, 8, 10, 11, 15, 19, 21, 23, 25, 35, 37, 39, 46, 47, 48, 49-sonli umum ta'lim maktablari jamoalari ishtirok etdilar.  Musobaqa yirik sport musobaqalari kabi qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Barcha jamoalar o‘zlarining bor mahorat va imkoniyatlarini namoyon eta oldilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra I ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar