Yangiliklar

01/12/2014
Konstitutsiya – yoshlar nigohida
Chindan ham, qonun shunday kuchga egaki, uning adolati kishilar boshiga toj, qalbiga gavhardek in`om beradi. U shunday qudratliki, insonlarni hamjihatlik va birdamlik ruhida tarbiya etadi. Bizning mustaqil Vatanimizda ham qonun, uning negizida esa xalq va jamiyatning mavqeyi alohida o`ringa ega. Bu yil mamlakatimizning asosiy qonuni Konstitutsiyamizning 22 yillik shodiyonasi keng nishonlanmoqda. Mana shu 22 yil mobaynida qonun doirasida olib borgan islohotlar, tadbirlar natijasida aholining huquqiy ongi va savodxonligi oshdi. Shunday tadbirlardan biri Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining Madaniyat saroyida Konstitutsiyaning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy-tarbiyaning asoslarini keng targ`ib qilish maqsadida bo`lib o`tgan “Konstitutsiya – yoshlar nigohida” ko`rik-tanlovidir. Universitet Talabalar kasaba uyushmasi ...

25/11/2014
“Salomatlik” spartakiadasi
O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani maktabgacha ta'lim muassasalari ishchi xodimlari o’rtasida “Salomatlik” spartakiadasi o’tkazildi. Sport musobaqalarida maktabgacha ta'lim muassasalarida mеhnat qilayotgan  210 nafar sportchi-xodimlar ishtirok etishdi. “Salomatlik” spartakiadasi g‘oliblari ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Mirzaobod tuman Kеngashi va xomiylar tomonidan qimmatbaxo sovg‘alar bilan takdirlandilar.     

24/11/2014
O‘zbekiston Milliy universitetida volleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Biz buyuk va muqaddas maqsadlar uchun tug‘ilganmiz. Ana shunday maqsadlarimizdan biri Kelajagi buyuk davlat barpo etishdir. Bu istakni amalga oshirish uchun yurtboshimiz kundan-kunga yangidan-yangi islohotlarni amalga oshirib yoshlarga keng imkoniyat yo‘llarini ochmoqdalar. Hyech narsa mamlakatni sportchalik butun dunyoga tanita olmaydi, - deydi Prezidentimiz. Shu maqsadda yoshlar orasida turli xil musobaqalar tashkil etilyapti. Dunyo hamjamiyatida ham har bir davlatning o‘rnini sport bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatiga qarab baholaydi. Shunday ekan, bizning yurtimizda ham ana shunday cho‘qqilarini zabt etish uchun kerak bo‘ladigan barcha sharoitlaru imkoniyatlar mavjud. Biz yoshlar esa shu kabi imkoniyatlardan foydalanib sog‘lom hayot tarzimizni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Yurtimizning eng chiroyli shaharchalaridan bo‘lmish Talabalar ...

20/11/2014
Mehnatni muhofaza qilish kunlari
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 12 sentyabrdagi 18-44 “o”-sonli Respublika korxona, tashkilot va muassasalarida “Mehnatni muhofaza qilish kunlari”ni o‘tkazish haqidagi Rayosat qarori ijrosini ta'minlash maksadida Sirdaryo viloyati ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlarida xodimlarga sog‘lom va havfsiz mehnat sharoitlarini yaratish tashkilot va muassasalarda mehnat muhofazasi holatini yaxshilash va mehnat intizomi madaniyatini yanada oshirish mehnat jarohatlari va kasb kasalliklarining oldini olish borasida muassasalarda “Mexnatni muxofaza kilish kunlari” tadbirlari o‘tkazilmoqda. 2014 yil 19 noyabr kuni Mirzaobod ijtimoiy-iqtisodiy kasb xunar kollejida “Mexnatni muhofaza qilish kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari K.Eshnazarov, birlashmaning mehnatni muxofaza qilish ...

11/11/2014
Ish joylarida tashkil qilingan sport tanaffuslari
Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Chirchiq shahar kengashi tarqibidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida xodimlarning salomatligini mustahkamlash, mehnat samaradorligini oshirish, ish vaqti jarayonida ularning ish darajasini tiklash, charchash holatini kamaytirish, kasallanish darajasini pasaytirish maqsadida ish joylarida sport tanaffuslari joriy etilgan va salomatlik gimnastikalari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 39-maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari muntazam ravishda musiqa ostida tibbiyot xodimi nazorati va mutaxassis xodim rahbarligida salomatlik gimnastikasini o‘tkazib kelmoqdalar.      

03/11/2014
“Madaniyat va san’at – ma’naviyat o‘chog‘i”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 24 yanvardagi 15-6 sonli “2014 yilda kasaba uyushma tashkilotlarida “Ma'naviyat soatlari”ni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra navbatdagi ma'naviyat soati o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublikasi kengashi zimmasiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining katta majlislar zalida “Madaniyat va san'at - ma'naviyat o‘chog‘i” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi, Estradani rivojlantirish va muvofiqlashtirish jamoatchilik kengashi raisi - Iqbol Mirzo, O‘zbeknavo estrada ...

27/10/2014
“Sog‘lom bola yili” munosabati bilan o‘tkaztlgan sport musobaqasi
Navoiy viloyati ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Zarafshon shahar kengashiga qarashli shahar madaniyat va sport bo‘limi tashkilotida 2014 yil “Sog‘lom bola yili” munosabati bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishini keng targ‘ib qilish maqsadida sportning “KYOKUSINKAY” karate yakka kurash turi buyicha 26 oktyabrda Navoiy viloyati birinchiligi uchun sport musobakasi tashkil etildi. Musobaqada Navoiy shahri, Uchquduq tumani va Zarafshon shahridan kelgan 100dan ortiq sportchilar katnashdilar. Musobaqa dustona va bayramona shukuxda o‘tkazildi. Ko‘rsatilgan natijalarga asosan Zarafshon jamoasi 1-o‘rinni, Navoiy shahar jamoasi 2-o‘rinn, Uchquduq tumani jamoasi 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar shahar kengashi, shahar sport va madaniyat bo‘limi hamda “Sog‘lom avlod uchun xalqaro fondi jamg‘armasi tomonidan diplom ...

29/09/2014
“1 oktyabr-o‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir
Joriy yil 27 sentyabr kuni Nurota tuman “Chashma” me'moriy majmuasidagi “Nurota milliy bog‘i”da “1 oktyabr-o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramona tadbirda tumandagi korxona, tashkilot hamda ta'lim muassasalari rahbarlari, faxriy o‘qituvchilar, o‘quvchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tuman ziyolilalarini kasb bayramlari bilan tabriklash uchun so‘zga chiqqan Nurota tuman hokimi Qobul Tursunov, mustaqillik yillarida tumanda olib borilgan xalq ta'limi tizimidagi islohotlar samarasi, chekka qishloqlardagi yangi qurilgan umumta'lim maktablari, ushbu dargohlardagi qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilganligi albatta, davlatimizning yosh avlodlarga qaratilgan g‘amxo‘rligi ifodasi ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, ta'lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘z ish tajribasida yangi texnologiyalarni, interfaol ...

04/09/2014
“EHTIROM NISHONI”
2014 yilning 03 sentyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan mehnatkashlarning huquqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va kasaba uyushmalari nufuzini oshirishga qo‘shgan xissalari uchun bir qator tarmoq kasaba uyushmasi faollari «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “EHTIROM NISHONI” bilan taqdirlandilar. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘idan 3 nafar xodimlar shu yili ushbu kasaba uyushmalarining eng yuksak mukofotiga sazovor bo‘ldilar.   1. Kubayev Shodmon Rabbimovich - O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi;           2. Gaziyeva Ravshanoy Yunusovna - Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar kengashi raisi;              3. Yusupova ...

23/08/2014
“Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning Respublika bosqichi yakunlari to‘g‘risida
Ma'lumki kasaba uyushmasi tashkilotlari tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat va tahsil olish sharoitlari muqobilligi va xavfsizligi, sog‘lomlashtirilishi masalalarida faol ish olib boradilar. Xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rag‘batlantirish mehnat unumdorligining asosiy omilidir. Ana shu maqsad bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan” tizimdagi tashkilot va muassasalarda ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad vazirliklar, idoralar va boshqa boshqaruv organlari rahbarlari, ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning e'tiborini mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal etishga qaratish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ish beruvchi ...

Izlash

 

So`ngi e`lonlar