Yangiliklar

06/11/2013
Ijtimoiy-mehnat munosabatlari yangi bosqichda
O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi va tarmoq kasaba uyushmasi tasarrufidagi barcha tashkilotlar davlatimizning sohaga oid qonunlari, o‘z Ustavi, kasaba uyushmalari Federatsiyasining V Qurultoy Rezolyutsiyasi hamda ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining I qurultoy qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2011-2013 yillar uchun qabul qilingan Bosh kelishuv asosida ish olib bormoqdalar. YUqoridagilardan kelib chiqib, tarmoq kasaba uyushmasi o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini aniqlab olgan. Mazkur ustuvor yo‘nalishlar asosida ish olib borilishi kasaba uyushmasi oldida turgan qator muammolarni hal etish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlash hamda mavqyeini ...

06/11/2013
Demokratlashtirish jarayonida ta’lim tizimidagi islohatlar
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning tobora  chuqurlashib borayotgani tom ma'noda xalqimizning farovonligini ta'minlashga hamda O‘zbekistonimizning dunyo  hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.  2012 yil 17 fevral kuni Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda ko‘plab yirik xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, jumladan, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki vakillari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi dunyoning 48 davlatidan ta'lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etishdi.  Konferensiya uzluksiz ta'lim ...

06/11/2013
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining intellektual salohiyat va innovatsion texnologiyalar tatbig‘iga qo‘shayotgan xissasi.
  Angren kompyuter va axborot texnologiyalari kasb hunar kolleji o‘rta maxsus ta'lim muassasalari ichida axborot kommunikatsion texnologiyalar yo‘nalishi mutaxassislarini tayyorlaydi. Bu esa o‘quv me'yoriy hujjatlarning tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda ta'minotiga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb - hunar kolleji o‘quv jarayoni bilan hamoxang ravishda bir qancha tadbirlarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan, 2012 yilda “Axborot tizimlari va texnologiyalari ta'lim yo‘nalishida o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzuidagi  hududiy  seminar bo‘lib o‘tdi va unda Toshkent viloyatidagi ta'lim  muassasalariga kollejda amalga oshirilgan ishlar ommalashtirildi. 2009 yilda “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” bo‘yicha eng namunali ta'lim muassasasi Respublika bosqichida ishtirok etib, nufuzli ...

31/10/2013
Касаба уюшма туризми Қадимий обидалар-халқ мулки
Президентимиз томонидан 2013 йилнинг “Обод турмуш йили” деб номланганлиги ҳамюртларимиз қатори бизни ҳам қувонтирди. Зеро, бу ҳукуматимизнинг ўз халқига кўрсатаётган ғамхўрликлари ифодасидир. Эндиликда юртимизда “Обод турмуш йили” давлат дастури изчиллик билан бажарилаётир. Шаҳар ва туманларимизда кенг кўламли қурилиш ишлари олиб бориляпти. Халқимизнинг турмуш даражаси, ижтимоий-маиший шароити яхшиланмоқда. Жумладан, “Обод турмуш йили” дастури доирасида таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси туман кенгаши бир қатор маданий-маърифий тадбирлар ва спорт мусобақалари ўтказиб келмоқда. Касаба уюшма тизимида айниқса туризмни ривожлантириш, ишчи-хизматчилар соғлигини муҳофаза қилиш, маданий ҳордиқ чиқаришларини ташкил этишга алоҳида эътибор берилмоқда. Касаба уюшма аъзоларини республикамизнинг асрлар давомида сайқалланиб, эъзозланиб келинаётган қадимий шаҳарларига саёҳатларини уюштириш, ...

31/10/2013
Ҳеч ким меҳр ва эътибордан четда қолмайди
Таълим, фан ва маданият ходимлари касаба уюшмаси Боғот туман кенгаши томонидан жамоа шартномалари орқали ходимларни ижтимоий-иқтисодий ҳимоя қилиш борасида муайян ишларни амалга оширмоқда.  Жамоа шартномаси тадбирларининг бажарилишида асосий эътибор кам таъминланган, боқувчисини йўқотган, мархум касаба уюшма аъзолари оилаларига манзилли ёрдам кўсатиш, якка-ёлғизлар ҳолидан хабар олиш, кам таъминланган оила фарзандларини ҳар томонлама қўллаб қуватлаш, соҳа ходимларининг ногирон фарзандларини ижтимоий ҳимоя қилишга қаратилмоқда. Жорий йилнинг 10 ойи давомида туман кенгаши томонидан 126 нафар кам таъминланган оила аъзолари рўйхатга олинган бўлиб, 2013 йил “Обод турмуш йили” дастур тадбирларининг бажарилиши доирасида 32 нафар кам таъминланган оила аъзоларига жами 2,850 минг сўм миқдорида моддий ёрдам кўрсатилди. Жумладан, бир нафар ...

18/10/2013
Ijtimoiy sherikchilik-mehnatkashlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish omili
O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida tarmoq xodimlarini ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Ijtimoiy sheriklik tizimi ish beruvchi va xodimlar manfaatlari muvozanatini ta'minlashga hamda iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolatni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.  Tarmoqda 195 ta tuman, shahar kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda Toshkent shahar madaniyat muassasalari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari, 17718 ta boshlang‘ich tashkilotlar mavjud bo‘lib, ular 1976669 nafar kasaba uyushma a'zolarini birlashtirgan. Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida tizimda 6 ta tarmoq kelishuvi, hududiy miqyosida 197 ta kelishuv hamda 17709 ta jamoa shartnomalari tuzilgan. Tarmoq kelishuvlarida ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya, ...

10/10/2013
Press-reliz
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamdagi islohatlar mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini soha xodimlari, ayniqsa yoshlarga atroflicha tushuntirish va bu jarayonlarda tarmoq kasaba uyushma tashkilotlarining faol ishtirokini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi tomonidan joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 16-00 da “Jamiyatning ma'naviy yuksalishi, milliy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi” mavzusida “Ma'naviyat soatlari” bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan tadbirda kasaba uyushmalari xodimlaridan 100 nafari ishtirok etdi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari Muxammadjon Quronovning ma'ruzasi tinglandi.

Izlash

 

So`ngi e`lonlar