“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ni bayrami munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugun “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ni bayrami munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakili D.Samarbekov, mas’ul tashkilotchi A.Bobomurodova, Navoiy shahar kengashi raisi F.Mardieva hamda tashkilot rahbari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish Prezidentimizning doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelayotganligi, mana shunday sharafli vazifani ado etishda muhtaram ustoz va murabbiylarga har tomonlama yordam va ko‘mak berish kasaba uyushmalarining ham burchi ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Mamlakatimizda “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” 2021 yildan boshlab har yili keng nishonlanib kelinayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tgan D.Samarbekov Mas’ul tashkilotchi A.Bobomurodova bilan birgalikda ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, tashkilot rahbari va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisiga kasaba uyushmalarining qimmatbaho sovg’alarini topshirdilar.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy shahar kengashi