“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”ni bayrami munosabati bilan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirzacho‘l tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi.

0

Tadbirda O‘zbekiston  ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.M. Bedilov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mas’ul tashkilotchi B.Qodirov, Mirzacho‘l tuman  kengashi raisi M.Bekqulov hamda tashkilot rahbari,faxriy ustozlar, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

O’zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi tomonidan ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan bir guruh kasaba uyushmasi aʼzolari «Xalq ta’limi a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Ushbu nishonni Respublika kengashi raisi R.M. Bedilov topshirdi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirzacho‘l tuman kengashi

Добавить комментарий